Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Nafis ohanglar sadosi
29 - avgust 2009, 10:57:23

 

Samarqand shahrida «Sharq taronalari» yettinchi xalqaro musiqa festivali davom etmoqda. Qadimiy Registon maydonida, shaharning bir qator bog‘ va xiyobonlarida, tumanlarda anjuman ishtirokchilari o‘z dasturlari bilan qatnashmoqda.

 

Avstriyadan kelgan musiqa orkestri ijrosidagi klassik ohanglar Registonda o‘zgacha ohang taratgan bo‘lsa, AQSHning «Big Mountain Dancers» san’at guruhi namoyish etgan raqslar muxlislar olqishiga sazovor bo‘ldi.

 

– Festival oldidan ko‘nglimizda o‘zbekistonlik san’at shinavandalari qo‘shiq va raqsimizni qanday qabul qilar ekan, degan hadik bor edi, – deydi mazkur guruh a’zosi Tini Big Mauntin. – Muxlislar chiqishlarimizni alohida e’tibor bilan qarshi oldi. Bundan esa ko‘nglimiz tog‘dek ko‘tarildi.

 

Estoniyalik san’atkorlar ijrosidagi «Qoyatoshlar raqsi», tojikistonlik Malohat Abdushukurovaning maqom yo‘nalishidagi ashulalari, Ozarboyjonning «Sari Gelin» ansambli chiqishlari ham olqishlarga sazovor bo‘ldi.

 

Xitoy, Latviya, Janubiy Koreya, Rossiya, Eron, Germaniya, Buyuk Britaniya, Indoneziya, Turkiya, Italiya, Mo‘g‘uliston vakillari tomonidan ijro etilgan milliy kuy va qo‘shiqlar, jozibali raqslar ham «Sharq taronalari» festivaliga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

 

Har bir festivalda xalqimizning boy musiqa merosining o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatib berayotgan mamlakatimiz vakillari bu gal ham o‘z ijrolari bilan barchani maftun etdi. Matluba Dadaboyeva, Adolat Qo‘ldosheva, Elmurod Ahmedov va Furqat Ashuraliyev maqom yo‘nalishidagi qo‘shiqlarni maromiga yetkazib kuyladi.

 

Bangladesh, Hindiston va Malayziya davlatlaridan kelgan san’atkorlarning Samarqand tumanidagi Xo‘ja Ahror majmuasida san’at ixlosmandlari bilan uchrashuvi do‘stlik bayramiga aylanib ketdi. Musiqaning til va millat tanlamasligi yana bir bor o‘z ifodasini topdi. Mehmonlar hamda Samarqand tumani san’atkorlari jo‘rovozlikda qo‘shiq kuyladi, raqsga tushdi.

 

Bunday tadbirlar viloyatning Tayloq, Oqdaryo, Urgut tumanlarida ham bo‘lib o‘tdi.

O‘zA

Adabiyot va san'at » Nafis ohanglar sadosi
Adabiyot va san'at
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Adabiyot so'z san`ati Adabiyot so'z san`ati
Nazar Eshonqul: «Men bitta adabiyotni bilaman...»
Aziz RAMЕTOV:
“Erkatoy bo'lib qolganmiz, dеsam ajablanmang...” Aziz RAMЕTOV: “Erkatoy bo'lib qolganmiz, dеsam ajablanmang...”
“San’at g‘unchalari” g‘oliblari “San’at g‘unchalari” g‘oliblari
Sahna ortidagi haqiqiy asarlar
Yoshlik — bebaho fasl Yoshlik — bebaho fasl
ADABIYOT - KO'NGIL BAYRAMI ADABIYOT - KO'NGIL BAYRAMI
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Estoniya