30 noyabr kuni Intel kompaniyasi uch yangi prosserlarni namoyish etmoqchi. Noyabr oyining o'rtalarida Nehalem mikroarxitekturasiga asoslangan Core i7 chiplarini ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.
E`lon qilinadigan prosserlardan biri to'rt yadrolik Q8300 chipi bo'ladi. U 1333 megagerslik shinada 2,5 gigagers tezlikda ishlashi taxmin qilinmoqda. Uning kesh-xotirasi 4 megabaytga teng bo'lib, narxi 224 AQSh dollari atrofida bo'ladi.
Shuningdek, ikki yadrolik Pentium E5300 prossori xam namoyish etiladi. Uning tafsiloti quyidagicha, 2,6 Ggh, shina 800 Mgh, kesh-xotira 2 mB. E5300 taxminan 86 AQSh dollari turadi.
Yana ikki yadrolik Intel Celeron E1500 chipi xam namoyish etilib, u 800 Mgh shinada 2,2 Ggh tezlikda ishlaydigan bo'ladi. Kesh-xotirasi 512 Kb ga teng bo'lib, narxi taxminan 50 AQSh dollari bo'ladi. |