Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Biz bolalar bilan
26 - avgust 2008, 17:17:49

Bugun 25-avgustsoat 10:00da Buxoro shahridagi 32-son mehribonlik uyiga “Biz bolalar bilan”loyihasini amalga oshirish maqsadida tashrif buyurdik.Tashrif davomida viloyat sardorlar kengashi sardorlari hamda faollari faol ishtirok etib,mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari o’rtasida turli qiziqarli o’yinlar,quvnoq startlar,shaxmat-shashka musobaqalari,”hayvonot olamida”tanlovi,asfaltda rasm chizish kabi o’yinlarni o’tkazishdi.Tadbir davomida mahalliy OAVlari ishtirok etishdi.

Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilaridan 80nafari ushbu tadbirda faol ishtirok etishdi hamda sardorlar tashrifidan mamnun bo’lishdi.Mehribonlik uyining kirish eshiklari hamda derazalariga “Kamolot sardorlarining 17 tuhfasi”logotipi tushirilgan nakleykalar yopishtirildi.

Qorovulbozor tumanida “Biz birgamiz ”hamda “Qariyalarga ko’mak”loyihasi amalga oshirildi.Loyiha davomida tumanda mavjud nogironlar xonadonida bo’lib ,ularga moddiy ko’mak berildi va berilayotgan e’tibordan xursand ekanliklarini bildirishdi.Tumandagi 10 nafar yakka-yolg’iz ,boquvchisini yo’qotgan qariyalar xonadoniga ham tuman sardorlari tashrif buyurishdi,ularga qo’ldan kelgancha o’z yordamlarini ayashmadi.

Peshku tumanida”Biz chekishga qarshimiz”hamda “Bola huquqi poezdi”loyihalari amalga oshirildi.Loyihada Peshku tuman sardorlar kengashi a’zolari va faol yoshlar ishtirok etishdi.Bu loyiha orqali barcha yoshlarni “Biz chekishga qarshimiz”shiori ostida birlashtira oldilar,harakatlari bilan ayrim chekadigan yoshlarni xulosaga kelishlariga erishdilar.Tumanda o’tkazilgan yana bir loyiha “Bolalar huquqlari poezdi”loyihasi bo’lib ,bu loyiha seminar shaklida 31-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazildi.Loyihada ishtirok etgan yoshlar soni 25 nafarga yetdi.Loyiha davomida yoshlar “Bola huquqlari haqidagi konvensiya”va “Bola huquqlari kafolati”to’g’risidagi qonun nima ekanligini bilib oldilar.Seminarda faol ishtirok etgan bolalarga “Kamalak”Btining esdalik sovg’alari topshirildi.

Olot tumanida “Biz birgamiz”loyihasi amalga oshirildi. Loyihani amalga oshirishda tuman hokimligi Xotin-qizlar qo’mitasi raisi N.Nematova,o’quvchilar ijodiyot markazi direktori Z.To’rayeva hamda 20 nafar yoshlar ishtirok etdilar.”Qariyalarga ko’mak”loyihasi asosida 3 va5 mahalla fuqarolar yig’inida yashovchi 10 nafar boquvchisini yo’qotgan,imkoniyati cheklangan qariyalar holidan xabar olindi.Tadbirda 30 nafar yoshlar ishtirok etdilar.Yoshlar qariyalarga uy-ro’zg’or yumushlariga ko’maklashishdi.

Jondor tuman bo’limi Kangashi tomonidan Jondor dehqon bozori oldida “Biz chekishga qarshimiz”loyihasi o’tkazildi.Tadbir davomida tuman salomatlik bilan hamkorlikda tayyorlangan tarqatma materiallar bukletlar tayyorlanib tarqatildi.Shundan so’ng maxsus qutti tashkil qilinib chekmaslikka da’vat qilindi.Chekuvchilardan sigaretalar o’z ixtiyorlari bilan jami 62 dona yangi va chekib tugatilmagan sigaretalar olindi.Tadbir so’ngida tuman salomatlik markazi rahbari T.Ostonov bunday tadbir orqali bir necha chekuvchi chekishni kamaytirishi va tashlashini ta’kidladi hamda bir necha insonning sog’ligiga foyda keltirilganligini birgina chekuvchilarning emas,balki chekuvchilar bilan birga nafas olayotgan yoshlar va ayollarning ham sog’liklarini saqlashda katta xizmat ko’rsatdi,deb ta’kidladi.

Qorako’l tumani “Qariyalarga ko’mak”loyihasi asosida “Chekirchi”,”Paxtakor”mahalla fuqarolar yig’inida istiqomat qiluvchi 2-Jahon urushi qatnashchilari Olim Tursunov,Jo’rayev Elmurod xonadonlariga tuman Sardorlar Kengashi a’zolari hamda “Nuroniy”jamg’armasituman bo’limi vakillari bilan birgalikda tashrif buyurildi.Ushbu nuroniylarga uy yumushlarida yordam berildi,hovli ichi va atrofi tozalanib obodonlashtirildi.

Kogon tumanida “Kamolot sardorlarining 17 tuhfasi”loyihasi doirasida “Mening vatanim”loyihasi Abdulahadxon saroyida bo’lib o’tdi.Loyiha davomida 20 nafar yoshlar ishtirok etishdi.Unda yoshlar o’z tumani tarixi,vatanimizning tarixi haqida ma’lumotlarga ega bo’lishdi,turli viktorinalarda ishtirok etishdi.Loyihada faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Vobkent tumanida”Shaxmat va shashka”loyihasi tumandagi bolalar va o’smirlar sport maktabida o’tkazildi.Loyiha davomida 34 nafar o’smir yoshlar ishtirok etishdi. Tanlov qizg’in bahslarga sabab bo’ldi.Lyihada faol ishtirok etgan yoshlarga esdalik sovg’alar topshirildi.

Shofirkon tumanida “Qariyalarga ko’mak”loyihasi asosida tuman Sardorlar Kengashi sardorlari va faollari 10 nafar boquvchisini yo’qotgan,imkoniyati cheklangan qariyalar holidan xabar olindi,uy yumushlariga ko’maklashishdi.

Buxoro viloyati
“Kamalak” bolalar tashkiloti
raisi A.Akramova
Loyihalar » Kamolot sardorlarining 17 tuhfasi » Biz bolalar bilan
Loyihalar
» Talabalar bahori
» Kimyo fanidan 42-xalqaro olimpiada
» Kamolot sardorlarining 17 tuhfasi
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Iqtidor va mahorat ko‘rigi
Viloyat bosqichi yakunlandi
О‘zbekiston yoshlariga havas qilsa arziydi О‘zbekiston yoshlariga havas qilsa arziydi
XALQARO OLIMPIADA – O‘ZBEKISTONDA!

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati press-relizi

XALQARO OLIMPIADA – O‘ZBEKISTONDA! O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati press-relizi
Iqtidor va intilish ko‘rigi
Ezgu maqsad yo‘lida
Mеndеlееv olimpiadasi tarixidan
Mеndеlееv olimpiadasi tarixidan
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
San Marino