Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
“Talabalar bahori-2008” nihoyasiga yetdi
29 - may 2008, 02:15:26

Samarqand shahrida mamlakatimiz talaba-yoshlarining “Talabalar bahori-2008” festivali nihoyasiga yetdi. “Yoshlar yili” Davlat dasturi doirasida o‘tkazilgan mazkur anjumanda yurtimizdagi oliy o‘quv yurtlarida tahsil olayotgan 200 nafardan ziyod faol, tashabbuskor, iqtidorli yigit-qizlar ishtirok etdi.

Mamlakatimizda Prezident Islom Karimov tashabbusi bilan yosh avlodning zamon talablari darajasida ta’lim-tarbiya olishi, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalarida o’z iqtidor va salohiyatini ro’yobga chiqarishi uchun barcha shart-sharoit yaratib berilmoqda. Bu yuksak e’tibor va g’amxo’rlik samarasi o’laroq, yoshlarning mamlakatimiz taraqqiyotida, ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy hayotidagi ishtiroki tobora kengayib bormoqda. Mazkur festival yurtimizda har tomonlama yetuk, zukko va bilimli yoshlar kamol topayotganini yana bir karra namoyish etdi.

“Festival dasturida belgilangan barcha tadbirlar yuqori saviyada o’tdi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi matbuot kotibi Jamshid Nosirov. – Ikkita ilmiy-amaliy anjuman, iqtidorli talabalar tanlovining mamlakat bosqichi, sport musobaqalari, “Nihol-2008” talabalar teatr tomoshalari o’ta sermazmun, qiziqarli ruhda kechdi”.

Festival doirasidagi ko’ngilochar, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar unutilmas taassurotlarga boy bo’ldi. Ayniqsa, “Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovi barchada katta qiziqish uyg’otdi. Unda Farg’ona politexnika institutining “Farpinator”, Toshkent davlat pedagogika universitetining “A’lo”, Toshkent to’qimachilik va yengil sanoat institutining “Dizayn” hamda Samarqand davlat arxitektura va qurilish institutining “Maroqandlik bojalar” jamoalari o’zaro kuch sinashdi.

Uch kun davomida festival ishtirokchilari Samarqanddagi oliy o’quv yurtlari, yoshlar hayoti va faoliyati bilan yaqindan tanishdilar, yangi do’stlar orttirdilar, ilmiy va ijodiy hamkorlik qilish bo’yicha tengdoshlari bilan kelishib oldilar.

“Bu festivaldan olgan taassurotlar xotiramizda bir umr muhrlanib qoladi, – deydi Termiz davlat universiteti talabasi G‘ulom Himmatov. – Anjuman mamlakatimiz yoshlarini Vatan ravnaqi, yurt kelajagi yo’lida birlashtirishda muhim o’rin tutadi”.

Festivalning yopilish marosimida ilmiy-amaliy anjumanlar, tanlov va boshqa tadbirlarda faol ishtirok etgan talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi. Taniqli san’atkorlar ijrosidagi konsert dasturi namoyish etildi.

manba:uza.uz

Loyihalar » Talabalar bahori » “Talabalar bahori-2008” nihoyasiga yetdi
Loyihalar
» Talabalar bahori
» Kimyo fanidan 42-xalqaro olimpiada
» Kamolot sardorlarining 17 tuhfasi
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Iqtidor va mahorat ko‘rigi
Viloyat bosqichi yakunlandi
О‘zbekiston yoshlariga havas qilsa arziydi О‘zbekiston yoshlariga havas qilsa arziydi
XALQARO OLIMPIADA – O‘ZBEKISTONDA!

O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi

Axborot xizmati press-relizi

XALQARO OLIMPIADA – O‘ZBEKISTONDA! O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi Axborot xizmati press-relizi
Iqtidor va intilish ko‘rigi
Ezgu maqsad yo‘lida
Mеndеlееv olimpiadasi tarixidan
Mеndеlееv olimpiadasi tarixidan
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv