Yosh iqtidor sohiblarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘tkazilayotgan “Yangi avlod-2008” bolalar ijodiyoti festivalining Farg‘ona viloyati bosqichi yakunlandi.
Ishtirokchilar klassik, vokal, milliy cholg‘u asboblari ijrochiligi, raqs, tasviriy san’at va badiiy ijod yo‘nalishlarida o‘z iste’dodini namoyish etdi.
Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, turli ko‘rik-tanlovlarning tashkil etilishi yosh iste’dod egalarini kashf etish imkonini bermoqda. Bir necha yildan beri o‘tkazib kelinayotgan Mamlakatimizda yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, turli ko‘rik-tanlovlarning tashkil etilishi yosh iste’dod egalarini kashf etish imkonini bermoqda. Bir necha yildan beri o‘tkazib kelinayotgan “Yangi avlod” festivali ham ana shu ezgu maqsadga xizmat qilmoqda.
– Ishtirokchilar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat kengashi raisining o‘rinbosari Tohirjon Shokirov. – Buni festivalning viloyat bosqichida to‘rt yuzdan ziyod o‘g‘il-qiz qatnashgani ham ko‘rsatib turibdi.
G‘olib chiqqan 12 nafar o‘quvchi festivalning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi.
O‘zA |