Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    07
Yetakchi yoshlar nashriyoti
22 - aprel 2008, 20:37:46
Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy sohada izchillik bilan olib borilayotgan islohotlar jarayonida noshirlik faoliyatini rivojlantirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Nashriyot uylarining moddiy-texnika bazasi tobora mustahkamlanayotgani, turli mulkchilik shaklidagi nashriyot-matbaa korxonalarining paydo bo‘layotgani sohada raqobat muhitini yaratib, pirovardida chop etilayotgan kitob, gazeta, jurnal va boshqa matbaa mahsulotlarining sifatini tubdan yaxshilash imkonini bermoqda.
Yoshlarga mo‘ljallangan adabiyotlarni nashr etishga ixtisoslashgan “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan ham bu borada qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu yerda o‘quvchi, talaba yoshlar, bolalar uchun yiliga 150 nomdan ziyod adabiy-badiiy, ilmiy-ommabop kitoblar nashr qilinmoqda.
– Markazimiz tomonidan 2007 yilda 132 nomda, minglab nusxada kitob chop etildi, – deydi “Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi bosh direktori Erkin Abdurahmonov. – 2008 yilning Yurtboshimiz tomonidan Yoshlar yili deb e’lon qilinishi mamlakatimiz aholisining katta qismini tashkil etuvchi navqiron avlodga ko‘rsatilayotgan e’tibor va bildirilayotgan ishonchning amaldagi yana bir yorqin ifodasidir.
Bu borada nashriyotimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, 2008 yilning o‘tgan davrida B.Mirzaolimovning “Yoshlar ongida milliy g‘oyani shakllantirish”, X.Do‘stmuhammadning “Jurnalistning kasb-odobi muammolari” kitoblari nashr etildi. “Globallashuv va millat” mavzuidagi risolada globallashuv jarayonining hayotimizga, milliy qadriyatlarimizga ta’siri kabi masalalar chuqur tahlil qilingan.
A.Shoyqulovning “Informatika va axborot texnologiyalari”, U.Ismoilovning “Oliy o‘quv yurtiga kiruvchilar uchun matematikadan qo‘llanma”, B.Mengliyevning “O‘zbek tilining so‘z yasalishi o‘quv lug‘ati” singari qo‘llanmalari ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan yoshlarimizga mo‘ljallangan.
“Mening birinchi kitobim” rukni ostida yosh ijodkorlarning kitobini nashr etish an’anasi Yoshlar yilida ham davom ettirilyapti. Hozirgacha M.Niyozmetovaning “Shudring”, O.Qurbonovning “Qalbingizda yashasam deyman”, X.Abrorning “Sirli bir kecha”, E.Ibrohimning “Yuragimda o‘sgan gul” she’riy to‘plamlari chop etildi.
Yoshlarimizni jahon adabiyotining durdona asarlari bilan tanishtirib borish alohida e’tiborda. Yaqin vaqt ichida Sitseronning “Notiqlik san’ati haqida ikki risola”, Aflotunning “Qonunlar”, Gabriel Garsia Markesning “Buzrukning ko‘zi”, Den Braunning “Da Vinchi siri”, Servantesning “Don Kixot”, Aleksandr Dyumaning “Graf Monte Kristo” kabi asarlari kitobxonlar qo‘liga yetib boradi.
Joriy yil oxirigacha yoshlarimiz uchun mo‘ljallangan yana bir qator kitoblar – R.G‘ulomovning “Sport psixologiyasi”, yosh ijodkor D.Berdiyevaning “Birinchi yordam”, F.G‘afforovning “Oq yo‘rgakdan oq yo‘l sari”, J.Toshpo‘latovning “O‘zbekning chavandoz yigitlari”, Z.Choriyevning “Pahlavon qizlar” singari asarlarini nashr etish rejalashtirilgan.
“Yangi asr avlodi” nashriyot-matbaa markazi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar mamlakatimizda yoshlarimizning bilim va ma’naviyatini boyitish, dunyoqarashini kengaytirish, ular qalbiga ezgulik olib kirishga xizmat qiladi.
manba: uza.uz
Ma`naviyat » Jamiyat » Yetakchi yoshlar nashriyoti
Ma`naviyat
» Tarix ko'zgusi
» Jamiyat
» Manaviyat asoslari
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Ma'naviyat tushunchasi haqida
Yetakchi yoshlar nashriyoti
ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY VA NAQShBANDIYA TARIQATI
HAYOT VA ABADIYAT TIMSOLI
“Oskar” va`da qilmaymiz, ammo… “Oskar” va`da qilmaymiz, ammo…
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Andorra