Hozirgi davr O’zbekiston taraqqiyotida ma’naviyat va ma’rifat, milliy istiqlol g’oyasining roli hal qiluvchi axamiyat kasb etmoqda. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimov “Хushyorlikka da’vat” asarida hozirgi eng muxim, eng dolzarb vazifalardan biri jamiyatimiz a’zolarini, avvalombor, voyaga yetib kelayotgan yosh avlodni kamol toptirish, ularning qalbida milliy g’oya, milliy mafkura, o’z vataniga mexr- sadoqat tuyg’usini uyg’otish, o’zligini anglash, ularni milliy va umumbashariy qadriyatlar ruxida tarbiyalashdan iboratligini takitlaydi.
Ma’naviyat ko’p qirrali tushuncha bo’lib, inson faoliyatining barcha jabhalariga dahldordir Demak, “ma’naviyat asoslari” fanining predmeti jamiyat, inson va ma’naviyat o’rtasidagi munosabatlarni, shuningdek ma’naviyatning shakllanishi, rivojlanishi, kishilar faoliyatini yo’naltirib turish vositasiga aylanishi sabablarini o’rganishdan iboratdir.
Istiqlol tufayli ma’naviy hayotimizda tub o’zgarishlar sodir bo’lmoqda. Istiqlolning dastlabki kunlaridanoq mamlakatimizda bu sohaga alohida va uzluksiz e’tibor berilib kelinmoqda. Xalqimizning milliy ongi, milliy g’ururi o’sib jamiyatning ma’naviy asosini yanada mustaxkamlashga poydevor yaratilmoqda.
Esda tuting: yuksak ma’naviyat- jamiyat taraqiyotining asosi
“Manaviyat” tushunchasining mazmuni va ta’rifi?
Ma’naviyat tushunchasi juda keng kamrovli mazmunga ega, chunki bu tushuncha azal- azaldan Uning atama sifatida shakllanishiga islom falsafasi, ilohiyot fani, keyinchalik, ayniqsa, tasavvuf ta’limoti kuchli ta’sir ko’rsatgan. XX asrda “Ma’naviyat” tushunchasining mazmuni yanada kengaydi va dunyoviylik kasb etdi.
“Ma’naviyat” arabcha so’z bo’lib, “a’no” so’zidan olingan: rux, aql, ong, idrok, ruxiyxolat, ichki kayfiyat, dadillik, jasorat, xususiy, moxiyat, g’amho’rlik, qayg’urish, did kabi bir necha ma’nolarni anglatadi.
Ma’naviyat – odamning ruhiy va aqliy olami yig’indisi. Ma’naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’lum yo’nalishining bosh omili. U muayyam iqtisodiy- ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o’zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq topib boradi ba aksincha, ma’naviyatning qashshoqlashuvi, jamiyatning tanazzulga yuz tutishiga olib keladi. Boy jamiyat va millat
Ravnaqining bosh omili ba poydevoridir.
Ma’naviyat – jamiyatning, millatning va yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruxiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Xozirgi kunda ma’naviyat masalalariga munosabat tubdan o’zgarib, uning boyib borishiga kuxhli e’tibor berilayotganining boisi ana shunda.
Esda tuting: ma’naviyat- taqdirning exsoni emas. Ma’naviyat inson qalbida kamol topishi uchun u qalban ba vijdonan, aql va qo’l bilan mexnat qilishi kerak.
Madaniyat nima?
Madaniyat atamasi ilm- fanda jamiyatning ishlab chiqarish, ijtimoiy ba ma’naviy qo’lga kiritilgan yutuqlar majmuini, biror ijtimoiy gurux yoki halqning ma’lum davrda qo’lga kiritgan shunday yutuqlari darajasini, o’qimishlilik, ta’lim – tarbiya ko’rganlik, ziyolilik va ma’rifatlilik hamda turmushning ma’rifatli kishi extiyojlariga mos keladigan sharoitlari majmuini bildiradi.
Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalariga bog’liq atamalardan “madaniyat” so’zi arabcha madina (shahar, keng) so’zidan kelib chiqqan.
Ma’rifat nima?
“Ma’rifat” (ko’pligi maorif) bilish, bilim, ma’lumot, ilm, irfon, tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi.
Ma’rifatli degani bilimli, muayyam sohada ma’lumoti bor degani bo’lib, u insonparvarlik, ma’naviyat zaminidagi o’z mohiyatiga ega bo’ladi. Kishilarning bilimi va madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim –tarbiyaga ham ma’rifat deb qaraladi. Ma’rifatni hayotga singdirish bilim va madaniyatning qo’shma mazmunni yoyish quroli, vositasidir.
Ma’naviyatning asosiy tarkibiy qismlari haqida nimalarni bilib oldingiz?
Din, fan va san’at negizida shakllanuvchi axloq, ma’naviy meros hamda qadriyatlar ma’naviyatning tarkibiy qismlari xisoblanadi. Ahloq, ahloqiy bilimlar, malaka va ko’nikmalar, ahloq qoidalari yordamida o’quvchining xulq- atvori, hatti- harakatlari boshqariladi. Axloqiy madaniyat o’quvchining ko’p qirrali faoliyati davomida shakllanib va takomillashib boradi. Axloqiy madaniyat ko’rinishlari, qirralari, shakllari hilma – hil. Insonparvarlik, halolik, tashabbuskorlik; erksevarlik, faollik, ijodkorlik, haqiqatgo’ylik, ma’suliyatlilik; sahiylik, kamtarlik, poklik va shu kabilar. Axloqiy ong axloqiy madaniyatning negizini tashkil etadi. Ahloqiy ong o’quvchi ijodiy faoliyatida o’z ifodasini topadi. Uning mezoni bilim va ahloq me’yorlari, ahloqiy tafakkur hisoblanadi. Ahloq ma’naviyat o’zagini anglatadi. Inson ahloqi shunchaki salom- alik xushmuomalalikdagina iborat emas, balki u, avvalo, insof va adolat tuyg’usi, iymon, halollik deganidir.
Ahloqiy madaniyatning birlamchi vazifalaridan biri ahloqiy ongni o’stirishdir. Ahloqiy ongning yetukligi uzoq davom etadigan va murakkab jarayon bo’lib, u insoniyat qo’lsa kiritgan barcha ahloqiy- ma’naviy yutuqlarni o’zlashtirish va shu bilan birga, muayyan sharoit taqazo etadigan muammolarni bartaraf etish jarayonida amalgam oshadi. Ahloqiy ong vijdon, burch, mas’uliyat, hayo, g’urur kabi insonning ichki- ruhiy, hissiyotiga asoslanadi. Ahloqiy madaniyatning mag’zini tashkil etuvchi insonparvarlik, halol mehnat, o’zaro yordan, do’stlik, hamkorlik, o’zaro hurmat, baynalminallik, sahovat, vatanparvarlik, burch, kamtarinlik kabi yuksak insoniy qadriyatlar ahloqiy odat asosida o’quvchi ongi va faoliyatida tarkib topadi.
Islom Karimovning “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida mamlakatimizni yangilash va rivojlantirishning o’z yo’li to’rtta asosiy negizga asoslanishini izohlang.
Umuminsoniy qadriyatlar butun insoniyat tomonidan yaratilgan moddiy va madaniy, ilmiy, falsafiy, ahloqiy, estetik, huquqiy, siyosiy, badiiy, ekologik qarashlar, butun insoniyatning mulki bo’lgan boshqa qadriyatlar yig’indisidan iboratdir. Haqiqatdan madaniyat, ma’naviyat umuminsoniy hodisa hisoblanadi.
Jamiyatning ijtimoiy- iqtisodiy, madaniy taraqqiyoti bevosita uning ma’naviy- ahloqiy negizlarining rivoj lanishi bilan bog’liqdir. O’zbekiston Prezidenti 1992 yildayoq “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li” asarida qayd qilganidek, bu negizlar:
- umuminsoniy qadriyatlarga sodiqlik;
- xalqimizning ma’naviy merosini mustahlamlash va rivojlantirish;
- insonning o’z imkoniyatlarini erkin namoyon qilishi;
- vatanparvarlikdan iboratdir.
Mamlakatimizda ma’naviy- ma’rifiy ishlarni amalgam oshirishda, milliy ma’naviyat va uning asosiy mohiyatini yoshlar ongiga singdirishda quyidagi vazifalarni amalgam oshirish maqsadga muvofiq bo’ladi:
- islohotlarning ikkinchi bosqichida ma’naviy ahloqiy jihatdan yutuq insonlar tarbiyasiga e’tiborni kuchaytirish;
- halq ho’jaligining barcha sohalarida ma’naviy poklikka to’la erishish;
- milliy qadriyatlarni to’la tiklash, shu asosida milliy iftihor tuyg’ularini shakllantirish;
- O’zbekiston Respublikasi mustaqilligini mustahkamlash va takomillashtirish ishlarida faol qatnashish, bu yo’lda fidoyilik namunalarini ko’rsatish;
- Mustaqillik, mamlakat va uning taraqqiyoti uchun halol hizmat qilish, O’zbekiston kelajagi buyuk davlat ekaniga ishonch tuyg’ularini tarbiyalash.
- President Farmonlariga, qonunlar va mustaqil hukumatimiz chiqargan qarorlarga sodiq bo’lish, qadrlash hamda amal qilish
O’zbek halqining boy madaniy ba ma’naviy merosiga nimalar kiradi?
Ma’naviyat sohasidagi eng asosiy vazifamiz- milliy qadriyatlarimizni tiklash, o’zligimizni anglash, milliy g’oya va mafkurani shakllantirish, muqaddas dinimizning ma’naviy hayotimizdagi o’rni va hurmatini tiklash kabi mustaqillik yillarida boshlagan ezgu ishlarimizni izchillik bilan davom ettirish, ularni yangi bosqichga ko’tarish va ta’sirchanligini kuchaytirishdir.
Ma’naviyat va ma’rifat tushunchalarini sharhlang
Ma’naviyat- insonning ruhiy va aqliy olamining yig’indisidir. Ma’naviyat jamiyatning, millatning yoki ayrim bir kishining ichki hayoti, ruhiy kechinmalari, aqliy qobiliyati, idrokini mujassamlashtiruvchi tushuncha. Ma’naviyat inson va jamiyat madaniyatining negizi, inson va jamiyat hayoti ma’llum yo’nalishning bosh omilidir. U muayyan iqtisodiy- ijtimoiy hayot tizimining shakllanishi, o’zgarishi yoki inqirozga yuz tutishiga kuchli ta’sir ko’rsatadi. Ma’naviyat boyib borsa, jamiyat ravnaq eta boradi va aksincha, ma’naviyat qashshoqlashsa, jamiyat bora- bora tanazulga yuz tutadi.
Ma’rifat tushunchasi – arabcha “arafa” fe’lidan olingan. U bilish, bilim, ma’lumot, tanish, tanishish ma’nolarini bildiradi. Umuman, uning lug’aviy ma’nosi bilimdir. Atama sifatida esa u tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli- tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi.
Ma’rifat – kishilarning ong va bilimini, madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim- tarbiya.
Ma’rifat tushunchasi kengroq bo’lib, bilim va ma’naviyatini yoyish va yuksaltirishning hamma turlari va sohalarini o’zida uyushtirgan. Lekin ma’naviyat bilan ma’rifat, maorif tushunchalarini izohlaganda, ular o’rtasiga “Xitoy devor” ni qo’yib ham bo’lmaydi, yani ular bir- birini to’ldirubchi, mukammallashtiruvchi tushunchalardir.
Ma’rifatchilik harakati nima?
Ma’rifat atama sifatida tabiat, jamiyat va inson mohiyati haqidagi turli- tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini anglatadi. Yunon- rim falsafasida ma’rifat so’zi tafakkur vas of bilim deya ifodalangan. Aristotel bilimni insonning eng shirin va yaxshi faoliyati deb ta’riflagan. Platonning: “Mukammal bilimning, y’ni men egallagan bilimning birdan- bir turi men o’zim bilmagan narsalarni bilishimdir”, degan falsafiy iborasi zamirida o’rganishning, bilimlarning cheksizligini anglatuvchi haqiqat yotadi.
O’rta asr musulmon olami olimlari nuqtai nazarlariga ko’ra kishining odobi, hulqi uning ma’rifati, bilimdonligi bilan chambarchas bog’liq bo’lib, inson qanchalik ma’rifatli bo’lsa, uning hulqi shunchalik yahshi va mukammal hisoblangan. Masalan, Rohiz Isfaxoniyning fikricha, ilm, amal, adab yuksak unvonga, oliyjanob nasabga va boylikka tengdir. Bu uchta unsurga Sharqda ham, G’arbda ham katta e’tibor bilan qaralganligini hisobga olsak, bilishning salohiyati, uning ,ohiyatini yanada chuqurroq his qilish mumkin.
Ma’rifat ta’rifini izohlang.
Ma’rifat tushunchasi bilan bog’liq ma’rifatchilik G’arbda XVIII asrda yahlit oqim sifatida shaklangan bo’lsa, “ma’rifat” atamasi mashhur nemis faylasufi Immanuel Kantning “Ma’rifat nima?” nomli maqolasidan (1784 yil) so’ng ilm- fanda uzilkesil qaror topgandir. G’arb tarihiy va falsafiy fanida “ma’rifat” deganda inson aql- idrokining kuch va bilimlari tantanasiga cheksiz ishonch anglashilgan.
Islom Karimovning: “Aqliy zakovat va ruhiy- ma’naviy salohiyat ma’rifatli insonning ikki qanotidir”,- degan ta’rifini sharhlang.
Chuqur bilim olgan va yahshi tarbiya ko’rgan komil insonni, kelajagimiz egasini voyaga yetkazish uchun “Ta’lim to’g’risida”gi Qonun va “Kadrlar tayorlash milliy dasturi” qabul qilingandan so’ng respublikamiz butun ta’lim tizimini tubdan isloh qilishning aniq strategik yo’nalishlariga ega bo’ldi. 1997 yil 6 oktyabrda O’zbekiston Prezidentining “Ta’lim- tarbiya va kadrlar tayyorlash tizimini tubdan isloh qilish, barkamol avlodni voyaga yetkazish to’g’risida”gi Farmoni bilan bu masala davlat siyosatining ustuvor yo’nalishi qilib belgilandi.
Mazkur hujjatlarda Dasturni uch bosqichda amalgam oshirish ko’zda tutildi. Birinchi, o’tish davridagi bosqich 1997- 2001 yillarga, y’ani 4 yil davomida joriy etish mo’ljallandi. Bu bosqichda ta’lim faoliyatidagi ilg’or tajribalarni saqlab qolgan holda rivojlanishi uchun huquqiy, ilmiy – metodik, moliyaviy – moddiy shart- sharoitlar yaratildi. Bilim olishga, erkin tafakkur qilishga imkoniyat vujudga keldi.
Ikkinchi bosqich, 2001- 2005 yillarga mo’ljalangan belgilovchi bosqich bo’lib, bunda Milliy dasturni keng miqyosda to’liq amalgam oshirish, mehmat bozorini hisobga olib, ijtimoiy – iqtisodiy sharoit nuqtai nazaridan dastur g’oyalari va qoidalari zaruriy o’zgartishlar bilan to’ldiriladi. Dunyo standartlari asosida bilim olish va erkin fikrlash rag’batlantirib boriladi.
Uchinchi bosqich, 2005 va keyingi yillarga mo’ljallangan. Bu bosqichda ushbu sohada erishilgan tajribalar tahlil etilib va umumlashtirilib hulosalanadi hamda tajribalar asosida takomillashtirilib, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlar negizida kadrlar tayyorlash tizimi uyg’umlashtiriladi. Har bir inson uchun bilim sohasida juda keng imkoniyatlar yaratiladi.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi namoyondalari: Mahmudxo’ja Behbudiy, Munavvar Qori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy va boshqalarning faoliyati haqida nimalarni bilasiz?
Ilm – dunyoni va ohiratni bilish quroli, inson ikkalasini ham egallamog’I kerak. Buyuk ajdodlarimizning yo’li ham shunday bo’lgan. Masalan, Mirzo Ulug’bek bilan Xo’ja Ahror Valiy zamondosh bo’lib, bir shaharda yashaganlar. Ulug’bek - munajjim va shoh, uning shogirtlari aniq fanlar vakillari. Xo’ja Ahror esa mo’tabar din arbobi, ruhoniy zot. Ammo ular bir- birlariga halaqit bermagan, aksincha, biri ilmiy ma’rifatni, ikkinchisi bo’lsa ruhoniy ma’rifatni rivojlantirib, bir- biriga ko’maklashganlar.
Al- Xorazmiy, Al- Farg‘oniy, Abu Nasr Forobiy, Al- Beruniy, Ibn Sino , Al- Buxoriy, At- Termiziy, Abu Yazid Tayfur Al- Bistomiy, Imom G’azzoliy, Mahmud Qoshg’ariy, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yassaviy, Yusuf Hamadoniy, Xoja Abduholiq G’ijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Mirzo Ulug’bek, Ali Qushchi, Bobur Mirzo, Alisher Navoiy, Behbudiy, Munavvar Qori kabi ulug’ zotlar hayot tarsi, ilm uchun fidoyiligi, e’tiqodning pokligi bilan barchaga ibrat bo’lganligini bilib olish mumkin. Demak, diniy va dunyoviy ma’rifatni jam qilga, ana shu har ikki ilmni egallagan kishining ikki dunyosi oboddir.
Mustaqillik tufayli farzandlarimizni dunyoviy bilimlar bilan bir qatorda, Imom Buxoriy to’plagan hadislar, Naqshbandiy ta’limoti, Termiziy o‘gitlari, Yassaviy hikmatlari, Imom G‘azzoliyning din va dunyo haqidagi qarashlari, Yusuf Hamadoniyning tasavvufi, Imom Moturudiyning hidoyat kalomi, G’ijduvoniyning ta’lim-tarbiyaga oid o‘gitlari asosida tarbiya qilish imkoniga ega bo’ldik. |