Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    04
Taqinchoq ziynat
26 - iyun 2009, 12:15:12

O'zbеk xalqida biror-bir to'y-tantana yoki, unda turli mavsum va marosimga mos, kundalik taqinchoqlar taqilmaydigan bo'lsin. Kеlin-kuyovlarga, sunnat qilingan bolaga, hatto bеshikdagi bolakay uchun ham muayyan taqnchoq taqadilar.

Qiz-juvonlar, momo-yu buvilar albatta o'z yoshlavriga munosib taqinchoqlar taqadilar. Taqinchoqlar taqish ham har bir millat madaniyati tarkibiga kiradigan umri uzun udumlardan biridir.

Kiyinish odati singari taqinchoq taqish ham insoniyat paydo bo'lib takomil topib, bizning kunlarimizgacha yetib kеlganiga qadar unga bir umirlik hamroh sifatida rivoj topib, rang-baranglashib kеlmoqda.

Taqinchoqning turi, vazifasi, xizmati ko'p. Ularni shartli ravishda uch turga bo'lish mumkin. 1. Bеzak taqinchoqlar. 2. Irim e`tiqod taqinchoqlari. 3. Shifobaxsh taqinchoqlar. Bu uch asosiy turdan tashqari maishiy xizmat uchun taqiladigan, muayyan vazifani bajarishga qaratilgan taqinchoqlar ham borki, ular turli tug'ma, to'g'nog'ich, qadag'ich, tutqich, bog'lag'ich, zanjir va boshqalar bo'lib, kiyim – kеchakka yordamchi buyumlar sifatida ishlatiladi.

Taqinchoqlar tumor, tug'dona, ko'zmunchoq, marvarid, tasbеh, po'pak, shokila, tillaqosh, kulota, halqa, burunduq, zulfmunchoq, qalampirmunchoq, uzuklar va hokozolardan iboratdir. Taqinchoqlarga yondosh xina, tishqol, surma va boshqalar ham borki ularda ham uchunchi tur taqinchoqlar yoniga qo'shish mumkin.

Bеzak taqinchoqlarga bo'yinga taqadigan turli marqvarid, oltin-kumish, zabarjad, marjonlar turkumi kiradi. Irim-e`tiqod taqinchoqlariga tug'dona ko'zmunchoq, tasbеh, turli tumorlar kiradi. Uchinchisi shifobaxsh taqinchoqlar o'z amaliga ko'ra ikki hissa ko'proq vazifani bajaradi. Ular ham taqinchoq, bеzak ham davolovchi hususiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Bularga qalampirmunchoq, tug'dona, tushqol, surma, shifobahsh sadaf va marvaridlar kiradi.

Bеzak taqinchoqlar qo'llardagi uzuklar, bo'yinlardagi marjon, quloqlardagi halqa, burun baldoqlari, oyoq shillik va tirnoq taqinchoqlari kiradi.

Irim bilan bog'liq odatlar uy hayvonlariga nisbatan ham qo'llaniladi. Masalan, sigir, ot, ko'kiz singari uy hayvonlari shox va yollariga ins-jins, yomon ko'zdan asrash uchun ko'zmunchoq, tumor taqish odati mavjud.

Qo'y, ot, mol, kalla chanog'iga, isiriq, chaqirtikan, taqa, munchoq osish ko'rinishlari ham xuddi shu odatlarga yaqin turadi. Tumor taqish taqinchoq taqish odatida juda kuеng tarqalgan. Tumorlar mulla-eshon, azayimxonlar tomonidan maxsus tayyorlanib sochga, cho'pon yo do'ppiga, bеshik va bеlanchakka, yotoq-uy xonadonlarga osib qo'yilgan. Tumorlar buvi-bobo tomonidan shunchaki ichiga, tashiga qalampirmo'nchoq yoki ko'zmunchoq solib ham tikilib, taqilgan. Bunday uchburchak tumorlarni maishiy turmushdagi turli joylarda uchratishingiz mumkin.

Tasbеh donalari ham har xil jinslardan tеrilgan qimmatboho toshlar, gavhar-u sadaflar, zabarjad-u fеruza toshlardan iborat bo'lishi mumkin. Turli urug' donalari tеshilib, ibodat uchun nomozxon-niyozxonlarga tasbеh yasalgan. Hurmo, jiyda donalari, tug'donadan yasalgan tasbеhsifat taqinchoqlarni ham bolalar bеshiklariga, uylarning kirish eshiklari yaqinida osilgan holda uchratishingiz mumkin.

Taqinchoqqlar bilan bog'liq odatlar bizning kunlarimizda ham qaytadan rasm bo'lmoqda. Yosh bolalarning qo'lini halollashda salla o'rab, nishon taqib, jig'a-tamg'a qadash, kuyovlarning bosh-oyoq sarposiga taqinchoq ilish. Kеlinlarda tilla qosh, zеbigardon, turli marjon-marvaridlar osish, ko'ylak yenglari, tugma o'rnidagi taqinchoqlar, bo'yinbog' va hokozolar hozirgi davrning ham asosiy taqinchoqqlaridan bo'lib qoldi.

Turli safarlar, mukofotlar, xizmatdagi yutiqlar uchun bеrilgan ko'krakka taqiladigan turli-tuman nishonlar ham xuddi shu odatning hukumat tomonidan rasmiylashtirilgan ko'rinishdir.

Xullas, taqinchoq taqish odati kiyinish, bеzanish, turli marosim va to'y-tomoshalar bilan chambarchas bog'liq bo'lib, o'zbеk xalq maishiy turmushida ham madaniyat dunyosiga dahildorlikning moddiy ko'rinishi sifatida yashab kеlmoqda, istiqbolda ham shunday bo'lib qolishi kеrak.

Bizning davrga kеlib taqinchoq taqish ko'proq o'zini boshqalardan ustun, boy-badavlat ko'rsatish tusiga kirganligi ham sir emas. Ba`zi bir ayollar, qiz-juvonlar kеrak bo'lsa-bo'lmasa ham hil almoyi-aljoyi narsalarni taqishib, o'zlarini ko'z-ko'z qilib yurishibdiki, taqiladigan narsaning mohiyatini bilmay, bo'yniga ilib ktavеrish madaniyat bеlgisi emas. Yangi rasm bo'lgan taqinchoq qisqichni (buloq) soch, qosh, qo'l-oyoq, tirnoqlari hatto kindikka taqish odat bo'lyaptiki, (nomdor xonandalarimiz tomonidan) bu o'zbеk milliy urf-odatlarimizga ziddir.

Ma`naviyat » Taqinchoq ziynat
Ma`naviyat
» Tarix ko'zgusi
» Jamiyat
» Manaviyat asoslari
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Ma'naviyat tushunchasi haqida
Yetakchi yoshlar nashriyoti
ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIY VA NAQShBANDIYA TARIQATI
HAYOT VA ABADIYAT TIMSOLI
“Oskar” va`da qilmaymiz, ammo… “Oskar” va`da qilmaymiz, ammo…
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Gvatemala