Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Murabbiy – ilm chirog‘i
29 - sentabr 2009, 16:02:11

Mamlakatimizda keng nishonlanayotgan O‘qituvchilar va murabbiylar kuniga bag‘ishlangan tadbirlar doirasida “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashida “Murabbiy – ilm chirog‘i” mavzuida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim tizimi rahbarlari, ilg‘or o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

 

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati markaziy kengashi raisi A.Alimov Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda yosh avlodni sog‘lom va barkamol insonlar etib tarbiyalash, ularga chuqur bilim berish, qalbi va ongida ona Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat, milliy an’ana va qadriyatlarimizga hurmat tuyg‘ularini mustahkam qaror toptirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar o‘zining yuksak samaralarini berayotganini ta’kidladi.

 

Bu boradagi vazifalarni bajarish o‘qituvchilar va murabbiylarning sharafli va zahmatli mehnati bilan bog‘liqdir. Davlatimiz rahbari tashabbusi bilan yurtimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlash, ularni moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash, ilg‘or g‘oya va tashabbuslarini rag‘batlantirish yuzasidan keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda.

 

Fidoyi o‘qituvchilarni aniqlash, ularning o‘zaro fikr va tajriba almashishi uchun imkon yaratish “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatida ham muhim o‘rin tutadi. Joylarda “Kamolot” tomonidan ushbu yo‘nalishda o‘tkazilayotgan ijtimoiy loyihalar, anjumanlar, ko‘rik-tanlovlar buning dalilidir. “Ta’limga e’tibor – kelajakka e’tibor” loyihasi ana shunday tadbirlar sirasidan. Uning doirasida ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi bilim maskanlari, mehribonlik uylari, sport maktablaridagi ibratli o‘qituvchilar va murabbiylar, to‘garak rahbarlarini rag‘batlantirishga qaratilgan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

 

Tadbirda yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh izlanuvchan o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

O‘zA

Yangiliklar » Murabbiy – ilm chirog‘i
Yangiliklar
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
“Hammamiz bir kuchmiz!” “Hammamiz bir kuchmiz!”
Milliy o‘yinlar festivali davom etmoqda
Yoshlarga e’tibor – ustuvor vazifa
Kun tartibida yoshlar masalasi
HASHAR YOShLARGA YARASHAR
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Burkino-Faso