Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi
26 - mart 2009, 10:59:28

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida Toshkent shahar hokimligi va bir qator tashkilotlar hamkorligida yoshlarni ish bilan ta’minlashga qaratilgan mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Unda poytaxtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan turli korxonalar, muassasa va idoralar bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etdi.

 

Yurtboshimiz rahnamoligida yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning o‘z qiziqishi va iqtidori bo‘yicha kasb-hunar egallashi kabi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda. Muayyan kasb egalarini qayta tayyorlash, malakasini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik hamda kasanachilikni rivojlantirish hisobiga yangi ish o‘rinlari tashkil etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar buning tasdig‘idir.

 

«Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili» Davlat dasturida oliy o‘quv yurtlari, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’lim maskanlarini bitiruvchilar, Qurolli Kuchlar safidan zaxiraga bo‘shatilgan, shu bilan birga, vaqtincha ishlamayotgan mehnatga layoqatli fuqarolarni ish bilan ta’minlash masalasi muhim yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Bu borada Toshkent shahar hokimligi tomonidan ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Mazkur mehnat yarmarkasi ham shular jumlasidandir.

 

– Yarmarkada tumanimiz hududidagi yigirmadan ortiq tashkilot bo‘sh o‘rinlar bilan ishtirok etmoqda, – deydi Chilonzor tumani bandlikka ko‘maklashish markazi bosh mutaxassisi Malohat Nazirbekova. – O‘tkazilayotgan mehnat yarmarkalari yoshlarimizning tikuvchilik, tibbiyot xodimi, bank ishi kabi yo‘nalishlarga qiziqishi katta ekanini ko‘rsatdi.

 

«Fayz» xolding kompaniyasi poytaxtimizdagi yirik ishlab chiqarish korxonalaridan sanaladi. Korxona bir necha ixtisoslik bo‘yicha bo‘sh ish o‘rinlari bilan mehnat yarmarkasida ishtirok etmoqda. Duradgor-yig‘uvchi, mebel butlovchi, dastgohchi-yig‘uvchi, mebel va yog‘ochsozlik bo‘yicha iqtisodchi, menejer kabilar shular jumlasidandir.

 

– Men vaqtincha ishsiz edim, – deydi Zafar Hojibekov. – Mehnat yarmarkasiga kelib, Yakkasaroy tumanidagi ixtisoslashtirilgan sug‘orish quvurlarini ta’mirlash va foydalanish boshqarmasidan chilangarlik bo‘yicha ish topdim. Ish joyining uyimizga yaqinligi, maoshi, mutaxassislikka qo‘yilayotgan talablar menga ma’qul bo‘ldi.

 

Mehnat yarmarkasida Toshkent shahridagi 870 korxona, tashkilot va muassasa o‘n ikki mingga yaqin bo‘sh ish o‘rnini taklif etmoqda. Bularning barchasi aholi bandligini oshirish, yoshlarning kasb-hunar egallashiga yaqindan ko‘maklashish borasidagi e’tiborning amaldagi ifodasidir.

O‘zA

Yangiliklar » Yoshlar uchun mehnat yarmarkasi
Yangiliklar
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
“Hammamiz bir kuchmiz!” “Hammamiz bir kuchmiz!”
Milliy o‘yinlar festivali davom etmoqda
Yoshlarga e’tibor – ustuvor vazifa
Kun tartibida yoshlar masalasi
HASHAR YOShLARGA YARASHAR
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Boliviya