Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    07
Yoshlarga e’tibor – ustuvor vazifa
12 - yanvar 2008, 19:10:11

Yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, muammolarini hal etishda ko‘maklashish borasidagi ishlar “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatining asosini tashkil etadi.

Farg‘ona viloyati yoshlari ham bugungi kunda mamlakatimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish maqsadida astoydil harakat qilmoqda.

– Yoshlar kamolotiga katta e’tibor qaratgan yurtning kelajagi porloq bo‘ladi, – deydi “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati viloyat bo‘limi kengashining raisi Adhamjon Ahmedov. – Chekka qishloqlarda qad rostlayotgan kollej va akademik litseylar, muhtasham maktablar, sport inshootlari yurtimizda yosh avlod ta’lim tarbiyasiga qaratilayotgan yuksak g‘amxo‘rlikdan dalolatdir. Birgina o‘tgan yilning o‘zida viloyatimizda Yoshlar hiyoboni, madaniyat va sport majmuasi, ko‘plab kollej va litseylar foydalanishga topshirildi. Yoshlar yilida bu yo‘nalishdagi ishlar yanada keng quloch yoyishi shubhasiz.

Viloyat kengashi binosida ochilgan “Kamolot” kutubxonasi bugun yoshlarning sevimli maskaniga aylangan. Bu yerda mingdan ortiq badiiy, ilmiy adabiyotlar, yurtimiz hayotiga oid risolalar, barcha sohalarga taalluqli qo‘llanmalar mavjud.

Bundan ikki yil oldin Uchko‘prik tumanidagi Beshkapa qishlog‘ida “Kamolot” tashabbusi bilan Yoshlar ijtimoiy xizmatlar markazi ochilgan edi. Ayni paytda markazda to‘rtta yo‘nalish bo‘yicha yoshlarga kasb-hunar o‘rgatilmoqda. 2007 yilda markaz to‘garaklarida 337 nafar yigit-qiz kasb-hunar o‘rgandi. 175 nafar kam ta’minlangan oila farzandlariga markaz tomonidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Ana shunday markazlar boshqa tumanlarda ham ishlab turibdi.

O‘tgan yili 20 ming nafardan ortiq yigit-qiz ish bilan ta’minlandi. Viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi tasarrufidagi o‘quv yurtlari talabalari uchun “Kamolot” stipendiyasi tashkil etildi. Farg‘onalik yoshlar “Kelajak ovozi”, “Yangi avlod” kabi ko‘rik-tanlovlar hamda ko‘plab sport musobaqalarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritib kelayotgani ham ularga bo‘lgan e’tibor samarasidir.

Yangiliklar » Yoshlarga e’tibor – ustuvor vazifa
Yangiliklar
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
“Hammamiz bir kuchmiz!” “Hammamiz bir kuchmiz!”
Milliy o‘yinlar festivali davom etmoqda
Yoshlarga e’tibor – ustuvor vazifa
Kun tartibida yoshlar masalasi
HASHAR YOShLARGA YARASHAR
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Makedoniya