MYP.UZ  
  RSS
      Yangiliklar
Siyosat
Iqtosodiyot
Jamiyat
Texnologiyalar
Madaniyat
Sport

      Tasodifiy fotosurat

Ajdodlarga munosib avlod bo'laylik

Maqolalar

Izlash

[ Bosh sahifa | Yaxshisi | Mashhurlari | Ro’yhat ]

Maqolalar » Sport
Jahon chempionatlari tarixi: Ilk qadam

Ilk qadam



Jahon chempionatlari tarixi: Ilk qadam
Sport - Jahon chempionatlari
1904 yilning 21 mayida Parijda FIFA - milliy futbol federatsiyalari uyushmasi tuzildi. Bu xalqaro musobaqalarni keng va tartibli tashkil qilishga yo‘l ochib berdi. FIFAning dunyoga kelishi uchun jon kuydirgan shaxs - frantsiyalik Rober Geren uning birinchi prezidenti bo‘ldi. Bungacha Frantsiya futbol federatsiyasi prezidenti bo‘lish bilan birga u Le Matin gazetasida ham ishlar edi. Aslida Geren muhandis diplomiga ega bo‘lgan.

FIFA prezidenti sifatida u dastlab klublar, so‘ngra terma jamoalar o‘rtasida xalqaro musobaqalar uyushtirish g‘oyasini ilgari surdi. 1904 yilgi Ta'sis kongressida FIFA ustavining 9-bandida shunday belgilab qo‘yildi: «FIFA xalqaro chempionatlarni tashkil qilish eksklyuziv huquqiga ega». 1905 yilgi kongressda gollandiyalik Karl Anton Villem Xirshman 15 ishtirokchi o‘rtasida (har bir davlatdan bittadan) klublar chempionatini o‘tkazish taklifini kiritdi. Xirshmanning fikriga ko‘ra ular 4 guruhga bo‘linishi kerak edi:
1-guruh: Angliya, Shotlandiya, Uels, Sh.Irlandiya
2-guruh: Belgiya, Frantsiya, Gollandiya, Ispaniya
3-guruh: Italiya, Avstriya, Shveytsariya, Vengriya
4-guruh: Daniya, Germaniya, Shvetsiya

Tasavvur qiling, hozirgi Chempionlar ligasi 1991 yili emas, 1905 yiliyoq tashkil qilinishi mumkin edi. Chempionatda ishtirok etish uchun ariza topshirishning oxirgi muddati deb 1905 yilning 31 avgusti belgilandi. Ammo shu kungacha FIFAga birontayam ariza tushmadi!

Bunday muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Geren 1906 yilning 4 iyunida, FIFAning uchinchi kongressida iste'foga chiqqanini ma'lum qildi.

FIFA boshqaruviga kelgan angliyalik Daniel Berli Vulfoll davrida ham (1918 yil 24 oktyabrda davom etgan) ushbu g‘oyalar amalga oshirilmadi.

29 oy FIFA prezidentsiz qolgach, 1921 yil 1 aprelida bu lavozimga frantsuz Jyul Rime o‘tirdi. Jahon chempionatini uyushtirish uchun sharoit pishib yetilganligini ilg‘agan Rime o‘z nomini tarix sahifalariga muhrlashga sazovor bo‘ldi. 1928 yilning 29 may kuni, Amsterdamda bo‘lib o‘tgan kongressda tarixiy qarorga kelindi. Yana bir frantsuz Anri Delonning taklifiga ko‘ra 1-jahon chempionati 1930 yili o‘tkaziladigan bo‘ldi.

Amsterdamda birinchi jahon chempionatining mezboni kim bo‘lishi kerakligidan boshqa barcha masalalar kelishib olindi. Mezbon esa FIFAning navbatdagi, 1929 yilning 18-19 may kunlari Barselonada bo‘lgan kongressida aniq bo‘ldi. Nomzodlar 6 ta edi - Italiya, Shvetsiya, Gollandiya, Vengriya, Ispaniya va Urugvay. Yevropaning 5 vakili tarixiy chempionatni o‘tkazish huquqini bir ovozdan okeanorti mamlakatiga topshirishga qaror qildilar.

jahon chempionatlari sahifalarini tayyorlovchi: Elmurod Nishonov


Bookmark and Share

Joylashtirdi: Admin Sana: 28.02.2011 O’qishlar soni: 581
0
Ðàñïå÷àòàòü

Äîïîëíèòåëüíî ïî äàííîé êàòåãîðèè

28.02.2011 - Ravshan Ermatov
      User Info

Xush kelibsiz,
Mehmon

Ro’yhatdan o’tish yoki kirishRo’yhatdan o’tish yoki kirish
Parolni unutdingizmi?Parolni unutdingizmi?

Login:
Parol:

Ma’muriyatMa’muriyat:0
FoydalanuvchilarFoydalanuvchilar:0
Izlash tizimlariIzlash tizimlari:1
MehmonlarMehmonlar:6

YangilashBatafsilJamiJami:7

      So'rovnoma
“Màmlàkàtimizdà demokràtik islohotlàrni yanàdà chuqurlàshtirish và fuqàrolik jàmiyatini rivojlàntirish Konsepsiyasi” và undà ilgàri surilàyotgàn g’oyalàrdàn xàbàrdormisiz?

Ha
Yo'q
Endi tanishib chiqaman


Natijalar
Boshqa so’rovnomalar

Umumiy ovozlar: 106
Izohlar: 11

     
Design by Max Ganiyev © JET Media