Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    04
San’at va go‘zallik haftaligi boshlandi
13 - oktabr 2009, 09:41:11

Poytaxtimizda madaniyat, san’at va moda sohasidagi yirik loyiha – Art Week Style.uz 2009 haftaligi boshlandi.

Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida yurtimizda san’atning barcha yo‘nalishlarini ravnaq toptirish, bu borada izlanayotgan yosh ijodkorlarni aniqlash, har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirishning izchil tizimi yaratilgan. Ayni paytda xalq amaliy san’ati va milliy hunarmandlikning qadimiy an’ana va uslublarini qayta tiklash, asrab-avaylash, boyitish, sohada faoliyat ko‘rsatayotgan ijodkorlar uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Bu yo‘nalishdagi ezgu ishlar jamoat tashkilotlari faoliyatida ham ustuvor o‘rin tutadi. “O‘zbekiston madaniyati va san’ati forumi” jamg‘armasi va bir qator ijodiy tashkilotlar hamkorligida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan madaniyat, san’at va moda sohasidagi mazkur yirik loyiha – Art Week Style.uz ana shunday tadbirlardan biridir.

San’at haftaligi o‘z uslubi va yo‘nalishiga ega bo‘lib borayotgan umidli yoshlarning ijodi va intilishlarini to‘liqroq namoyish etishga ko‘maklashish, yurtimiz va xorijlik mutaxassislarning madaniyat, san’at va modaga doir o‘zaro fikr va tajriba almashishiga imkon yaratadi. Ayni paytda ushbu ijodiy anjuman yurtimizda san’at, madaniyat, moda va dizayn bo‘yicha erishilgan muvaffaqiyatlar bilan xorijliklarni tanishtirish, bu yo‘nalishda o‘zaro istiqbolli hamkorlik aloqalarini keng yo‘lga qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Jamg‘armaning madaniyat, san’at, moda va dizaynga oid ushbu yirik loyihasi samarasida yurtimizning iste’dodli yosh dizaynerlari tomonidan yaratilgan milliy liboslar to‘plamlari Xitoy, Rossiya, Chexiya, Fransiya kabi davlatlardagi xalqaro liboslar festivallari, ijodiy ko‘rik-tanlovlar, moda haftaliklarida katta muvaffaqiyat qozonmoqda.

Bu yilgi san’at haftaligi har qachongidan ham yorqin va rang-barang tadbirlar, ko‘rgazmalar, taqdimot marosimlari, ijodiy anjumanlar, taniqli dizaynerlar, rassomlar, san’atshunoslar bilan uchrashuvlar, konsertlar, mahorat saboqlariga boy bo‘ladi. Amaliy san’at, moda va dizaynga oid qiziqarli tadbirlar, nodir buyumlar namoyishi, taniqli rassom va dizaynerlar ijodiga bag‘ishlangan ko‘rgazmalar, yurtimiz yosh dizaynerlarining ijod namunalaridan iborat “Underground”, chet ellik modelyerlar, “Dom stilya” modalar uyi tomonidan yaratilgan to‘plamlar namoyishi, milliy liboslar festivali, mahorat saboqlari o‘tkaziladi.

Haftalikning birinchi kuni Yoshlar ijod saroyida amaliy san’at, dizayn va moda ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Unda milliy hunarmandlikning kulolchilik yo‘nalishida nom qozongan Alisher Rahimov, kandakor usta Mas’ud Madaliyev tomonidan yaratilgan amaliy san’at namunalari bilan tanishish mumkin. Ko‘rgazmada, shuningdek, qadimiy so‘zanalar, milliy matolar, zargarlik buyumlari, yosh dizaynerlarning qayta tiklangan qadimiy texnologiyalar asosida yaratgan milliy liboslari, zamonaviy kiyim-kechak, poyafzallar, turli aksessuar va bezaklar namoyish etilmoqda.

– Mazkur haftalik O‘zbekistonning madaniyat, san’at va moda sohasida erishgan yutuqlari bilan atroflicha tanishish imkonini beradi, – deydi Xitoyning Xalqaro do‘stlikka ko‘maklashish assotsiatsiyasi rahbari o‘rinbosari Chen Shao Sin. – Xalqlarimiz o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik munosabatlarining ildizi uzoq asrlarga borib taqaladi. Qadimiy Buyuk ipak yo‘li asosida yo‘lga qo‘yilgan savdo-sotiq, madaniy-ma’rifiy aloqalar buning dalilidir. San’at haftaligi O‘zbekistonda ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishlarda, san’at va madaniyat sohasida e’tirof etsa arzigulik yutuqlar qo‘lga kiritiliyotganidan dalolatdir.

Shu kuni “Toshkent kurantlari” me’moriy majmuasida qadimiy buyumlar va amaliy san’at namunalaridan iborat ko‘rgazma ochildi. Unda qadimiy va noyob buyumlar, milliy liboslar, chinni idishlar, haykaltaroshlik namunalari, rassomlar va dizaynerlarning ijodiy ishlari namoyish etilmoqda.

O‘zA 

Qizlarjon » San’at va go‘zallik haftaligi boshlandi
Qizlarjon
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Style.Uz-2008 ish boshladi

Style.Uz-2008 ish boshladi
Yosh dizaynerlar ijodi namoyishi
An`ana va zamonaviylik ko'rigi An`ana va zamonaviylik ko'rigi
Sanamlar suluvligining siri sochlaridadir
Marjumakni bilasizmi?
Malinaning xususiyatlari
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Bangladesh