Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    04
Denis – bosh sovrin da’vogari
16 - oktabr 2009, 16:10:03

Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida dunyoning yigirmaga yaqin davlatidan kelgan raketka ustalari ishtirokida o‘tkazilayotgan “Toshkent Chellenjer – 2009” xalqaro turniri hal qiluvchi pallaga kirdi.

O‘zbekistonning eng kuchli tennischisi Denis Istomin ikkinchi bosqichda qozog‘istonlik Yuriy Shukinni 3:6, 6:1, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, chorak finalga yo‘lllanma oldi. Denisning keyingi bosqichdagi raqibi – o‘z hamyurti Konstantin Kravchukni 6:1, 6:4 hisobida dog‘da qoldirgan ukrainalik Sergey Staxovskiy bo‘ladi.

Yakkaliklar bahsida, shuningdek, slovakiyalik Lukash Latsko hamyurtimiz Arsen Asanovni 6:0, 6:1, belgiyalik Kristof Roxus moldovalik Andrey Gorbanni 7:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Juftliklar bellashuvida ham o‘zbekistonlik tennischilar muxlisu mutaxassislar ishonchini oqlamoqda. Denis Istomin va Murod Inoyatov dueti yarim finalda hindistonlik Rohan Bopanna va Xitoy Taypeyi vakili Yen Sun Lu ustidan 3:6, 6:1, 10:5 hisobida zafar quchdi va birinchi bo‘lib finalga yo‘llanma oldi. Hozircha, yana bir juftlik – Rifat Biktyakov va Sarvar Ikromovda ham finalga chiqish imkoniyati bor. Ular chorak finalda ukrainalik Sergey Bubka va Sergey Staxovskiyni 6:4, 6:4 hisobida yengdi. Endi yarim finalda slovakiyalik Lukash Latsko va chexiyalik Yiri Krkoshka bilan bellashadi.

O‘zA

Sport » Denis – bosh sovrin da’vogari
Sport
» Futbol
» Boks
» Olimpiada o'yinlari
» Barkamol avlod
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Pеkinga yana ikki yo'llanma Pеkinga yana ikki yo'llanma
OLIMPIADA MASH`ALASI DUNYO KЕZMOQDA OLIMPIADA MASH`ALASI DUNYO KЕZMOQDA
Ular O'zbеkiston sharafini himoya qiladi Ular O'zbеkiston sharafini himoya qiladi
I OLIMPIADA O'YINLARI I OLIMPIADA O'YINLARI
Pеkin Olimpiadasining asosiy sahnalari Pеkin Olimpiadasining asosiy sahnalari
TAJRIBALI VA ISHONCHLI TAJRIBALI VA ISHONCHLI
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Salvador