Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    07
Dunyo tennischilari yana Toshkentda
12 - oktabr 2009, 17:44:38

Respublika Olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Professional tennischilar uyushmasi (ATP) musobaqalari taqvimidan joy olgan “Toshkent Chellenjer – 2009” xalqaro turnirida yigirmaga yaqin mamlakatdan kelgan kuchli raketka ustalari g‘oliblik uchun kuch sinashmoqda.

Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda sportning ko‘plab turlari qatorida tennis ham jadal rivojlanib, yoshlar o‘rtasida keng ommalashdi. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida sportni, jumladan, tennisni rivojlantirishga qaratilayotgan e’tibor samarasida mamlakatimizning barcha hududlarida zamonaviy tennis stadionlari va kortlari barpo etilib, yosh avlodning mazkur sport turi bilan shug‘ullanishi uchun qulay sharoit yaratildi.

O‘zbekiston tennis federatsiyasi mamlakatimizda sport olamining nufuzli tashkilotlari – ATR, Xotin-qizlar tennis uyushmasi (WTA) va Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) bilan hamkorlikda erkaklar, xotin-qizlar, o‘smirlar va bolalar o‘rtasida xalqaro miqyosdagi musobaqalarni o‘tkazib kelmoqda. Bu o‘z navbatida yurtimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tiborini yanada mustahkamlash bilan birga, shahar va qishloqlarimizdan kuchli raketka ustalarining yetishib chiqishiga xizmat qilmoqda.

Davlatimiz rahbarining 2008 yil 29 aprelda e’lon qilingan “Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori yurtimizda yuqori toifali tennischilarni tarbiyalash va tayyorlash uchun zarur shart-sharoit yaratish, ularning mahoratini oshirish, yuksak darajadagi xalqaro musobaqalarda O‘zbekistonning munosib vakillari bo‘la oladigan mamlakat terma jamoalari zaxirasini shakllantirish borasida muhim dasturilamal bo‘lmoqda.

Tennisni rivojlantirish bo‘yicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar xalqaro miqyosda ham alohida e’tirof etilmoqda. Joriy yilning iyul oyida Xalqaro tennis fedearsiyasining Madridda (Ispaniya) tashkil etilgan navbatdagi kongressida O‘zbekiston tennis federatsiyasi “Jahon tennisi taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi uchun” mukofoti bilan taqdirlangani buning dalildir.

Poytaxtimizda ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Toshkent Chellenjer” xalqaro turnirida bu yil ham sport olamida nom qozongan tennis yulduzlari ishtirok etmoqda. Bir hafta davom etadigan musobaqada Denis Istomin, Vaja Uzoqov, Rifat Biktyakov, Sarvar Ikromov, Murod Inoyatov singari tennischilarimiz Vatanimiz sharafini himoya qiladi.

O‘zA

Sport » Dunyo tennischilari yana Toshkentda
Sport
» Futbol
» Boks
» Olimpiada o'yinlari
» Barkamol avlod
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Pеkinga yana ikki yo'llanma Pеkinga yana ikki yo'llanma
OLIMPIADA MASH`ALASI DUNYO KЕZMOQDA OLIMPIADA MASH`ALASI DUNYO KЕZMOQDA
Ular O'zbеkiston sharafini himoya qiladi Ular O'zbеkiston sharafini himoya qiladi
I OLIMPIADA O'YINLARI I OLIMPIADA O'YINLARI
Pеkin Olimpiadasining asosiy sahnalari Pеkin Olimpiadasining asosiy sahnalari
TAJRIBALI VA ISHONCHLI TAJRIBALI VA ISHONCHLI
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv