To'liq nomi : Andijon Davlat universiteti Yuqori tashkilot : O'zbekiston Respublikasi Oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi Ochilgan sanasi : 14.02.2007 Rektor : T.A.Madumarov Ilmiy darajasi : biologiya fanlari doktori Manzil : Andijon shahar, Universitet ko'chasi 129-uy
Pochta indiksi : 170020
Telefon : (8 374) 2250509
Faks : (8 374) 2221863
Elektron pochta manzili : agsu_info@edu.uz
Internet sahifa manzili : anddu.freenet.uz
Andijon Davlat Universiteti O'zbekiston Respublikasida keksa bilim dargohlaridan bo'lib, nafaqat mustaqil davlatimiz, balki Markaziy Osiyo ilm - fan rivojida, yuqori malakali kadrlar tayyorlashda muhim o'rin tutadi. Mazkur oliy o'quv yurti Farg'ona pedagogika instituti filiali sifatida 1931 yilda tashkil topgan va 1939 yil kechki bo'limi mavjud bo'lgan mustaqil o'qit-uvchilar institutiga aylantirilgan edi. Mana shundan boshlab bu ziyo maskani uzluksiz ravishda har yili yuzlab mutaxassislar tayyorlab kelmoqda. 1953 yildan boshlab Andijon Davlat pedagogika instituti deb nomlana boshlagan oliy o'quv yurtining moddiy texnika bazasi tobora mustahkamlanib bordi. Institutimiz turli yillarda bugun mustaqil faoliyat ko'rsatayotgan bir necha oliy o'quv yurtlari uchun ota maskan vazifasini bajardi. Uning moddiy texnika va pedagog kadrlar bazasida Namangan o'qituvchilar instituti (1942-44 y.), Andijon tibbiyot instituti (1955 y.), Andijon tillar pedagogika instituti (1964y.) va Andijon muhandislik va iqtisodiyot instituti tashkil topdi. O'zbekiston Respublikasinig mustaqillikni qo'lga kiritishi iqtisodiy hayotimizdagina emas, madaniy va ma'naviy hayotimizda ham katta o'zgarish yasadi. Bir qator oliy o'quv yurtlari universitet maqomiga ega bo'ldi. 1992 yil 2 fevralda O'zbekiston respublikasi Prezidenti qarori bilan Andijon Davlat pedagogika insntituti ham universitetga aylantirildi. Universitet tuzimiga xos yangi fakultetlar tashkil qilindi. Hozirgi kunda universitetda matematika, amaliy matematika, fizika, kasb ta'limi, kimyo, biologiya, tarih, huquqshunoslik, o'zbek filologiyasi, pedagogika va psixologiya, iqtisodchi-pedagog, geografiya, musiqachi-pedagog, dekorativ-amaliy san'at va xalq hunarmandchiligi, jismoniy madaniyat, pedagogika va boshlang'ich ta'lim metodikasi kabi ixtisosliklar bo'yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanmoqda.
|