To'liq nomi : Qarshi Davlat universiteti Yuqori tashkilot : O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta‘lim vazirligi Ochilgan sanasi : 1992 Rektor : Yo’ldoshev Boynazar Yo’ldoshevich Ilmiy darajasi : Filologiya fanlari doktori, professor Manzil : Qarshi shahri, Ko'chabog' ko'chasi 17
Pochta indiksi : 730003
Telefon : 8-375-225-34-13
Faks : 8-375-225-57-01
Elektron pochta manzili : kardu@mail.ru, kasu_info@edu.uz
Internet sahifa manzili : www.kasu.uz
O’zbekiston mustaqilligi tufayli o’zining taraqqiyot yo’lini tanlab olgan Vatanimiz «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ni qabul qilib, buyuk kelajak sari dadil qadam tashlamoqda. Respublikamiz Prezidenti va hukumatining barkamol avlodni tarbiyalab yetishtirishga qaratilgan siyosatidan ruhlanib, fidokorona mehnat qilayotgan Qarshi Davlat universiteti yurtimiz janubidagi eng yirik oliy universal bilim maskani hisoblanadi. U 1945 yil 1 sentyabrda Buxoro birlashgan Pedagogika va o’qituvchilar institutining Qarshi filiali maqomida tashkil topgan. 1949 yil 27 oktyabrda u ikki yillik o’qituvchilar tayyorlash institutiga aylantirildi. 1956 yil avgustida esa Qarshi Davlat Pedagogika institutini nomini oldi. Prezidentimiz I.Karimovning 1992 yil 28 fevral farmoni bilan institutga Qarshi Davlat Universiteti maqomi berildi. Hozirgi kunda universitet vatanimizning yirik o’quv maskani sifatida akademik va pedagogik ta‘lim qoidalariga javob bera oladigan o’quv-ilmiy, ma‘naviy va madaniy markazga aylandi. Universitet tashkil topgandan buyon mamlakat xalq xo’jaligining barcha sohalarida, bozor iqtisodiyotining turli jabhalarida, ma‘naviyat, madaniyat va xalq ta‘limi tizimida o’zlarining salmoqli hissalarini qo’shayotgan 36 mingga yaqin yuqori malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi. Shundan 12 mingga yaqin malakali kadrlar mustaqillik yillarida tayyorlandi.
|