To'liq nomi : Qo'qon Davlat pedagogika instituti Yuqori tashkilot : O`zbekiston Respublikasi Oliy va O`rta Maxsus Ta'lim Vazirligi Ochilgan sanasi : 26.03.2005 Rektor : Mahmudov Valijon Ilmiy darajasi : Biologiya fanlari nomzodi, dosent Manzil : Qo'qon shahar Istambul ko'chasi 23
Pochta indiksi : 713000
Telefon : (998) 3755-2-38-38
Faks : (998) 3755-3-02-57
Elektron pochta manzili : dpi@quqon.uz
Internet sahifa manzili : www.qdpi.uz
Yuqori malakali pedagog kadrlar tayyorlash oliy ta'lim maktablari oldidagi muhim vazifa hisoblanadi. Oliy ta'lim tizimida pedagogika oliy o'quv yurtlari alohida o'rin egallaydi..
Muqumiy nomidagi Qo`qon davlat pedagogika Instituti o`z faoliyatini 1931 yil yanvar oyida kechki pedagogika oliy bilimgohi sifatida (4 yillik o`qish muddati bilan) pedagogika texnikumi binosida boshlagan. 1939-40 o`quv yilidan boshlab u kunduzgi Davlat O`qituvchilar Oliy Bilimgohiga aylantirildi, 1943 yil esa, Xotin-qizlar Davlat Pedagogika Oliy Bilimgohi bo`ldi. 1943 yili oliy bilimgohga demokrat shoir Muqimiy nomi berildi.
Hozirgi kunda institutning kunduzgi va sirtqi bo`limlarida o`qishlar o`zbek va rus tillarida olib borilmoqda va talabalarga 5 ta fan doktori va professorlar, 81 nafar fan nomzodlari va dotsentlar fanlar asoslaridan ta'lim bermoqdalar. Bugungi kunda institutda butun oliy o`quv yurti hayotini tubdan yangilashga yo`naltirilgan ishlar olib borilmoqda. Shu maqsadda, institut jamoasi yangi pedagogik tafakkur hamda o`quv-tarbiya, ilmiy tadqiqot va manaviy ishlar sifatini ko`tarish, shu asosda o`qituvchi kadrlar va tarbiyachilar tayyorlash ishini yanada yaxshilash sohasida muhim tadbirlarni amalga oshirmoqda. Hozirgi kunda institutning bakalavriat bosqichida 16 ta ta’lim yo`nalishida ta’limning kunduzgi shaklida 4783 nafar, 8 ta yo`nalish bo`yicha sirtqi bo`limda 1781 nafar, 4 ta maxsus sirtqi shakllarida 1245 nafar talabalar tahsil olmoqdalar. O‘zbekistonda В«Kadrlar tayyorlash Milliy dasturiВ» da magistratura muhim bosqich sanaladi. 2003 yildan institutda matemanika, fizika, o‘zbek tili mutaxassisliklari bo‘yicha magistratura faoliyat ko‘rsata boshladi. 2005 yilda institutda 12 nafar ilk qaldirg‘ochlar magistraturani bitirib chiqdi. 2005 yilda yangi (tarix, adabiyot, biologiya, kimyo) mutaxassisliklari bo‘yicha magistraturalar ochilib, mutaxassisliklar 7 taga etdi. Hozirgi kunda 7ta mutaxassislik bo`yicha 42 nafar magistrant tahsil olmoqdalar.
Institut shahar markazidagi zamonaviy o`quv binosida joylashgan. Unda eng yangi o`quv qurollari bilan jihozlangan, komputerli va displeyli texnikaga ega bo`lgan bir qancha o`quv kabinetlari va laboratoriyalar talabalarning bilim olishi uchun samarali faoliyat ko'rsatmoqda. Sport kompleksi, profilaktoriya, talabalarni sog`lomlashtirish oromgohi, oshxonalar va yordamchi xo`jalik talabalar va o`qituvchilar xizmatida. Shuningdek, 224518 jild kitobga ega bo`lgan kutubxona, elektron kutubxona va katta o`quv zali doimo talabalar bilan gavjum.
Institut jamoasi ko`p millatli bo`lib, unda barcha millat vakillari bahamjihat faoliyat ko`rsatmoqdalar. |