To'liq nomi : Toshkent avtomobil va yo'llar instituti Yuqori tashkilot : O'zbekiston Respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim Vazirligi Ochilgan sanasi : 1972 yil Rektor : Muhitdinov Akmal Anvarovich Ilmiy darajasi : texnika fanlari doktori,prof. Manzil : Toshkent shahri
Pochta indiksi : 100060
Telefon : 133-08-27
Faks : 132-14-39. 132-14-80
Elektron pochta manzili : tadi_info@edu.uz
Internet sahifa manzili : 5
Toshkent Avtomobil-yo‘llar instituti O‘zbekiston Respublikasining 1971-yil 27-dekabrdagi 607-sonli hukumat qarori, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligining 1972 –yil 21-yanvardagi 27-sonli buyruĝiga asosan Toshkent Politexnika institutining antomobil- yõllar fakulteti asosida tashkil topgan. Õquv jarayoni 1972-yil 1-sentabrdan boshlangan. Institut shahar markazida, xalqaro vokzaldan 60-avtobus bilan 5 minutda boriladigan “Oybek” metrosi yonida joylashgan. Avtomobil transporti, yõl va aerodrom qurilishi, avtomobilsozlik sohalarida Õrta Osiyo- ning yetakchi OÕYudan biri sifatida tanilgan. Ixtiyorida zamonaviy õquv xonalari, tajriba ombori va EHM yiĝin- disiga ega. OŌYuda ŌzŦAning 3 ta akademigi, Ōzbekistonda xizmat kōrsatgan 4 ta fan arbobi, 38 ta fan doktori va professorlar ishlaydi. Institut tarkibiga 5 ta fakultetlar ishlab turibdi. Har yili institutda 4 mingdan ziyod talabalar, magistrantlar, aspirantlar va tinglovchilar ta’lim oladi. Institut kutubxonasida 400 mingdan ziyod kitob (ilmiy, badiiy, ōquv adabiyotlari) mavjud. TAYI ōzining poligrafiyasi va yotoqxonalar majmuasiga ega. Yirik olimlar: xizmat kōrsatgan ilm-fan arbobi A.A. Mutalibov, Õz.Q.H.Ŧ. akademigi A.U. Salimov, Õz.Q.H.Ŧ. Akademiyasi muxbir a’zosi S.M. Qodirovlar ilmiy maktab yaratdilar. Yosh mutaxassislarni tayyorlashda fundamental bilimlarning shakllanishiga muhim ōrin ajratilgan. Ta’lim sohasida TAYI 10dan ortiq chet el universitetlari, oliy ōquv yurtlari bilan hamkorlik qiladi. 5 ta mutaxassislik bōyicha aspirantura va 2 ta yōnalish bōyicha dok- torantura mavjud, doktorlik va kandidatlik dissertatsiyalarini himoya qilish bōyicha 1 ta ixtisoslashtirilgan 3 ta mutaxassislik bo'yicha kengash ishlaydi. TAYI BMT Eskato Osiyo tosh yōllari tarmoqlarining shakllanishi ishtirokchisi hisoblanadi. Yevropa transport tizimining rivojlanishi bōyicha “TACIS”ning xalqaro dasturida faol qatnashadi. TAYI Õzbekistonning avtotransport, ekologiya, yer usti transport tizimi bōyicha oliy ōquv yurtlarining ōquv-uslubiy birlashmasiga rahbarlik qiladi. TAYI jamoasi Õrta Osiyo regionida foydalaniladigan dvigatel va avtomobillarning (ishonchliligini) mustahkamligini oshirishga, dvigatel- larni gaz turidagi yoqilğiga ōtkazishga va zaharlanishining kamayishiga yordam qildi, avtoyōllarning transportdan foydalanish kōrsatkichlarining takomillashishiga, harakat xavfsizligiga va tashishni ilmiy tashkil qilishga ma’lum hissalarini qōshdilar. Ilmiy ishlarning natijalari ishlab chiqarishda va ōquv jarayonida qōllanilyapti, darsliklarda va ōquv-uslubiy qollanmalarda ōz ifodasini top gan, kōrgazmalarda esa namoyish etilyapti. TAYI bitiruvchilari kōplab mamlakatlarda ishlayaptilar, dunyo- ning 25ta chet el mamlakatidan 450 yigit-qiz 1978-2004-yillarda TAYIni muvaffaqiyatli tamomladilar. TAYI 12 yōnalish bōyicha bakalavrlarni, 18 ta mutaxassislik bōyicha magistrantlarni tayyorlaydi, prof. ōqituvchilar tarkibining 54% ilmiy darajaga ega. |