Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    04
Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
20 - mart 2008, 23:31:09

To'liq nomi : Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
Yuqori tashkilot : O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi
Ochilgan sanasi : 1966 y.31.12.

Rektor : Xazratqulov Abror
Ilmiy darajasi : Tarix fanlari doktori
Manzil : Toshkent viloyat Angren shahar 48-daxa 1 b -uy

Pochta indiksi : 702500

Telefon : (8370)662-24-89

Faks : (8370)662-25-17

Elektron pochta manzili : tsvpi_info@edu.uz, admin@tvdpi.uzpak.uz

Internet sahifa manzili : www.tvdpi.uz

 

Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti poytaxt viloyatidagi yagona pedagogik oliy ta’lim muassasasidir. U CHirchiq-Ohangaron vohasining janubiy-sharqiy qismida, CHotqol va Qurama tog'lari orasida dengiz satxidan 880 metr balandlikdagi so'lim Angren shahrida joylashgan. O'ZSSR Ministrlar Soveti va O'ZKPMKNING 1966 yil 31 dekabr kuni chiqarilgan 678-sonli qaroriga asosan 1967 yili tashkil etilgan. viloyat pedagogika instituti binolarini o'z ichiga qamrab oluvchi Angren shahrining markazi shimol tomondan chotqol tizmasi, janub tomondan Toshkent-Osh avtomagistrali, sharq tomondan Qorabog'soy, g'arb tomondan esa Dukentsoy bilan chegaralangan.

Toshkent viloyat davlat pedagogika institutining birinchi rektori marxum tarix fanlari nomzodi Habib Saidov bo'lgan. U ish boshlagan 1967 yilda 250 nafar dastlabki talabalar o’zbek tili va adabiyoti, rus tili va adabiyoti, chet tili, matematika va fizika mutaxassisliklariga qabul qilingan va filologiya degan dastlabki fakultetga biriktirilganlar. O'sha yili mazkur fakul’tetning «O'zbek tili va adabiyoti» (mudir-fil.fan nomzodi Akbar Ahmedov), «Rus tili va adabiyoti» (mudir-L.A.Bagdasarov), «CHet tillar» (mudir-Lola Basidova), «Matematika» (mudir-G.T.Xayrulin), «Tarix» (mudir-Isoq Oripov) kafedralari tashkil etilgan. Ulardagi 28 nafar dastlabki professor-o'qituvchilar dekan N.A.Emel’yanov boshchiligida faoliyat yurgazganlar.

Birinchi rektor Habib Saidov vafotidan so’ng institutni 1972 yildan biologiya  fanlari doktori, professor Salima Asqarova, 1983 yildan tarix fanlari doktori, professor Sobitxon Nosirxo’jaev, 1985 yildan tarix fanlari nomzodi, dotsent Narimon Ibrohimov, 1996 yildan filologiya fanlari doktori Hasan Qudratullaev, 2003 yilning fevral oyidan boshlab fizika-matematika fanlari doktori, professor Ravshan Rajabovich Ashurov boshqarib keldilar. 2005  yil  10  martidan tarix  fanlari  doktori Abror Xazratqulov  institutga  rektor etib  tayinlandi.

Hozirgi kunda tvdpi da tarix fakultetida 746 nafar, xorijiy tillar fakultetida - 444 nafar, filologiya fakultetida - 521 nafar, pedagogika fakultetida - 793 nafar, matematika va fizika fakultetida - 531 nafar, tabiatshunoslik fakultetida - 635 nafar, jismoniy tarbiya va madaniyat fakultetida - 582 nafar, maxsus sirtqi bo'limda 2113 nafar talaba taxsil olmoqda. Sirtqi bo'limda - 1041 nafar talaba taxsil olmoqda. Jami bo'lib 7406 talabalar tvdpi dargohida ilm izlashmoqda.

Bugungi kunda tvdpi 11 ta binodagi jami 30648 kvadrat metr foydali o'quv maydoniga ega. ega. ega. Institutning sakkiz fakul’tetida jami 7406 nafar talaba ta’lim olmoqda.

Ta`lim » Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
Ta`lim
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Toshkent avtomobil va yo'llar instituti
Toshkent viloyat davlat pedagogika instituti
Qo'qon Davlat pedagogika instituti
Qarshi Davlat universiteti
Toshkent davlat xalq raqslari va xoreografiya oliy maktabi
Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti
Andijon Davlat universiteti
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Latviya