Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Tarix bu...
02 - oktabr 2008, 20:53:46

Tarix - bu ajdodlarimiz, ota-bobolarimiz uzoq va yaqin o'tmishda qanday hayot kechirganliklari haqida xabar beruvchi fandir. Ularning nima bilan mashg'ul bo'lganliklari, turmush tarzlari, din-u e'tiqodlari, bir-birlari bilan munosabatlari haqida ma'iumot beruvchi ilm. Tabiat va jamiyatning kechmishi haqida hikoya qiluvchi fan.

Toki hayot bor ekan, tabiat tarixi bilan inson tarixi bir-biri bilan chambarchas bog'liqdir.

Tarixni yaxshi bilish uchun uning manbalarini yaxshi 'o'rganish lozim.

Tomirsiz daraxt va poydevorsiz imorat bo'lmaganidek, manbasiz tarix ham bo'lmaydi. Uning poydevori manbalardir. Manbalar ikki xil bo'ladi. Biri moddiy, ikkinchisi ma'naviy yodgorliklardir.

Moddiy yodgorliklar turkumiga ko'hna manzilgohlar, qadimiy shaharlar va qal'alarning qoldiqlari, o'sha yerlardan topilgan mehnat va urush qurollari, uy-ro'zg'or va zeb-ziynat buyumlari, qadimgi sug'orish inshootlarining qoldiqlari, qadim zamonlarda zarb etilgan tangalar, shuningdek, eng qadimgi odamlarning mehnat qurollari, turmush ashyolari kiradi.

Ma'naviy yodgorliklarga esa qoya toshlar va qattiq buyumlarga o'yib chizilgan eng qadimgi odamlar va hayvonlar suratlari hamda yozuvlar, uzoq o'tmishdan qolgan hayvon terisi va daraxt po'stlog'i hamda qog'ozga yozilgan bitiklar, odamlarning turish-turmushi va urf-odatlarini o'zida aks ettirgan buyumlar, shuningdek, kishilar ongida saqlanib qolgan urf-odat va an'analar kiradi.

Eng qadimgi odam va ularning turmushi respublikamizning o'zidan - Xorazm, Surxondaryo va Farg'onadan, shuningdek, jahonning boshqa mamlakatlari: Germaniya, Fransiya, Afrika, Xitoydan topilgan va arxeolog olimlar tomonidan o'rganilgan moddiy yodgorliklarga tayarigan holda yozildi. Saklar, massagetlar, so'g'diylarga doir va Tskandar Zulqarnaynning mamlakatimiz ustiga qilgan yurishlariga bag'ishlangan daralar qadimgi Eron (Persepol, Suza va Ekbatan shaharlari atrofidan topilgan mix xatlar, Behistun yozuvlari, zardushtiylarning muqaddas kitobi "Avesto", qadimgi Eron tarixiga bag' ishlangan qo'lyozma asarlar ("Hvaday namak", "Matakdani hazor datastan", "Shohnoma" va h.k.), qadimgi yunon va Rim tarixchilar} Gerodot, Arrian, Kvint Kurtsiy Ruf, Strabon, Ptolemey va boshqalarning asarlarida keltirilgan ma'lumotlar asosida yozildi. Turkiy xalqlarga bag'ishlangan dars esa Mo'g'uliston, Oltoy, Sibir va Markaziy Osiyodan topilgan runik bitiklar, Mahmud Koshg'ariyning "Devon-u lug'otat-turk", shuningdek, Xitoy tarixchilari (Sima Szyan, Bangu, Fan Xua va boshqalar) ning asarlarida keltirilgan ma'lumotlarga tayanib bitildi.

 O'zbekiston Respublikasining mustaqillik davriga bag'ishlangan hikoyalarni yozishda hukumat qarorlari, Prezident Islom Karimovning kitoblari, gazeta va jurnallarning ma'lumotlaridan keng foydalanildi.

 Ko'p ming yillik tarixni hajm jihatdan kichik bir kitob sahifalariga sig'dirib bo'lmaydi va uni yana yilma-yil, bosqichma-bosqich mufassal bayon qilish ham qiyin. Shuni hisobga olib, har bir davr bo'yicha eng muhim voqealar xususida, hikoya tarzida 4 - 5 tadan lavha (dars) keltirishni lozim topdik. Asosiy maqsad - o'quvchida tarix faniga qiziqish uyg'otish va kelajakda tarix fanini mukammal o'rganishlariga asos yaratib berishdan iboratdir.

 "Vatari tarixidan hikoyalar" umumta'lim maktablarining beshinchi sinflari uchun mo'ljallab yozilgan birinchi kitob bo'lganligi sababli u ayrim kamchiliklardan xoli bo'lmasligi mumkin. Shu bois tarixchi mutaxassislar va tarix muallimlarining kitob xususida e'tiroz va istaklari bo'lishi tabiiy bir holdir. Ularning xayrixohlik bilan bildirgan fikr va mulohazalari kelajakda uni takomillashtirish va mazmunini yaxshilashda muallifga katta yordam ko'rsatishi muqarrar.

Tarix » Tarix bu...
Tarix
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Tarix bu... Tarix bu...
Shaharlar gavhari Shaharlar gavhari
Tarixiy obidalar – o‘tmish ko‘zgusi
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Livan