Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Tarixiy obidalar – o‘tmish ko‘zgusi
26 - iyun 2009, 12:11:42

Termiz arxeologiya muzeyida Sherobod tumanidagi Zarautsoy yodgorligini ilmiy jihatdan o‘rganish masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi.

Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazining Surxondaryo viloyati bo‘limi hamda «Zarautsoy» jamoatchilik markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi xodimlari, Termiz davlat universiteti olimlari, nodavlat notijorat tashkilotlar hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Termiz arxeologiya muzeyi rahbari Ismoil Botirov, «Zarautsoy» jamoatchilik markazi direktori Abdulla Xolmirzayev, Fuqarolik jamiyatini o‘rganish institutining Surxondaryo mintaqaviy axborot-tahlil markazi rahbari Nurali Bekmurodov, rassom Tursunpo‘lat O‘roqov va boshqalar Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida ajdodlarimizning boy tarixiy merosi va milliy urf-odatlarimizni qayta tiklashga alohida e’tibor qaratilayotganini ta’kidladilar. Mustaqillik yillarida turli davrlarga oid tarixiy yodgorliklarni asrash va kelgusi avlodlarga yetkazish borasida keng qamrovli ishlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Tosh asriga oid Zarautsoy yodgorligi rangtasvir san’at asarlarining eng qadimiy namunalaridan biri sanaladi. Tarixi ming yillar bilan o‘lchanadigan Zarautsoy qoya tasvirlari ajdodlarimizning noyob san’at asari sifatida dunyo jamoatchiligida qatta qiziqish uyg‘otmoqda. Qoyatoshlarda aks ettirilgan turli manzaralar betakrorligi bilan mutaxassislar e’tiborini jalb etib keladi. Zarautsoy tarixiy yodgorligini o‘rganish, qayta tiklash yuzasidan Termiz arxeologiya muzeyi va «Zarautsoy» jamoatchilik markazi hamkorligida olib borilayotgan ishlar e’tiborga molik.

– Muzeyimizdagi Zarautsoy yodgorligiga bag‘ishlangan bo‘lim doim yoshlar bilan gavjum, – deydi Termiz arxeologiya muzeyi rahbari Ismoil Botirov. – Mazkur yodgorlik yigit-qizlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga, ularning badiiy-estetik didini yuksaltirishga xizmat qilayotgani bilan qadrlidir. Ayni paytda Zarautsoy qoyatosh bitiklarini konservatsiya qilib, milliy madaniy obida sifatida saqlab qolish choralari ko‘rilmoqda.

Anjumanda Zarautsoyning huquqiy maqomini alohida muhofaza qilinadigan hudud maqomiga o‘zgartirish, bu yerdagi nodir rangtasvir asarlarini saqlab qolish masalalari atroflicha muhokama etildi.

O‘zA

Tarix » Tarixiy obidalar – o‘tmish ko‘zgusi
Tarix
Taqvim
du se ch pa ju sh ya
    1 2 3 4 5
6 7 8 9 10 11 12
13 14 15 16 17 18 19
20 21 22 23 24 25 26
27 28 29 30      
Yo'nalishning eng ommabop maqolalari
Tarix bu... Tarix bu...
Shaharlar gavhari Shaharlar gavhari
Tarixiy obidalar – o‘tmish ko‘zgusi
Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Papua yangi Gvineya