Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    07
O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi

Har qanday mustaqil davlatning muhim belgilaridan biri bu – davlat ramzlaridir. Istiqlolga erishganimizdan so‘ng xalqimizning azaliy orzu-istaklari, ezgu intilishlari O‘zbekiston Respublikasining davlat ramzlarida o‘zining ifodasini topdi. O‘zbekistonning davlat ramzlari to‘g‘risidagi milliy qonunchilikni shakllantirish jarayoni milliy davlatchiligimiz asoslarining tarkibiy qismiga aylandi.

Davlat madhiyasi – mamlakatimiz suverenitetining ramzlaridan biri. O‘zbekiston Respublikasining 1992 yil 10 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, Davlat madhiyasining matni va musiqasi tasdiqlandi.

Matn: Abdulla Oripov    Musiqa: Mutal Burxonov

Serquyosh hur ulkam, elga baxt, najot,

Sen o‘zing do‘stlarga yo‘ldosh, mehribon!

Yashnagay to abad ilmu fan, ijod,

Shuhrating porlasin toki bor jaxon!

 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

 

Bag‘ri keng o‘zbekning o‘chmas iymoni,

Erkin, yosh avlodlar senga zo‘r qanot!

Istiqlol mash'ali, tinchlik posboni,

Haqsevar, ona yurt, mangu bo‘l obod!

 

Oltin bu vodiylar — jon O‘zbekiston,

Ajdodlar mardona ruhi senga yor!

Ulug‘ xalq qudrati jo‘sh urgan zamon,

Olamni mahliyo aylagan diyor!

Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv