Markaziy sahifa Portal xaritasi Portal haqida uz ru 
Milliy Yoshlar Portali    09
Oliy Majlis Senati

O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati (yuqori palatasi) hududiy vakillik palatasi bo'lib, yuzta Senat a'zosidan iborat.

Senat a'zolari (senatorlar) Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining tegishli qo'shma majlislarida mazkur deputatlar orasidan yashirin ovoz berish yo'li bilan Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan teng miqdorda olti kishidan saylanadi.

Senatning o'n olti nafar a'zosi fan, san'at, adabiyot, ishlab chiqarish sohasida hamda davlat va jamiyat faoliyatining boshqa tarmoqlarida katta amaliy tajribaga ega bo'lgan hamda alohida xizmat ko'rsatgan eng obro'li fuqarolar orasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlanadi.

Senat ishi yalpi majlislarga va uning qomitalari majlislariga to'olanadigan senatorlar faoliyatiga asoslanadi.

Senatning vakolati muddati - besh yil.

Saylov kuni yigirma besh yoshga to'lgan hamda kamida besh yil O'zbekiston Respublikasi hududida muqim yashayotgan O'zbekiston Respublikasi fuqarosi Senat a'zosi bo'lishi mumkin.

Ayni bir shaxs bir paytning o'zida Senat a'zosi va Qonunchilik palatasi deputati bo'lishi mumkin emas.

Senat o'zining vakolatlariga kiritilgan masalalar yuzasidan, shuningdek palataning ichki faoliyatini tashkil etish masalalari yuzasidan qarorlar qabul qiladi.

Senat umumsiyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa masalalar yuzasidan bayonotlar va murijaatlar bilan chiqish mumkin, ular palataning qarori bilan rasmiylashtiriladi.

Senat faoliyatining tashkiliy shakli uning majlisidir.

Senat majlislari zaruratga qarab, lekin yiliga kamida uch marta o'tkaziladi.

Senat va Qonunchilik palatasining qo'shma majlislari O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qasamyod qilganda, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy hayotining, ichki va tashqi siyosatining muhim masalalari yuzasidan nutq so'zlaganda, chet davlatlarning rahbarlari nutq so'zlaganda o'tkaziladi. Palatalarning kelishuviga muvofiq qo'shma majlislar boshqa masalalar yuzasidan ham o'tkazilishi mumkin.

Senat Raisi Senat tarkib topganidan keyingi birinchi majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi.

Senat Raisining o'rinbosarlari Senat a'zolari orasidan yashirin ovoz berish orqali senatorlar umumiy sonining ko'pchilik ovozi bilan Senat vakolati muddatiga saylanadi. Senat Raisining o'rinbosarligiga nomzodlar ko'rsatish va saylash tartibi Senat Reglamentida belgilanadi.

Senat faoliyatini samarali tashkil etish, palata qo'mitalari ishini muvofiqlashtirib borish, kun tartibi yuzasidan takliflar tayyorlash, qonunlarni dastlabki tarzda ko'rib chiqishni tashkil etish maqsadida Senat Kengashi tuziladi.

Senat Kengashi palata majlislari oralig'ida zaruratga qarab to'planadi.

Senat faoliyati masalalarni birgalikda va erkin muhokama qilishga, oshkoralikka, jamoatchilik fikrini hisobga olishga asoslanadi.

Senatda doimiy asosda ishlovchi Senat a'zolari senatorlik vakolatlari davrida ilmiy va pedagogik faoliyatdan tashqari haq to'lanadigan boshqa turdagi faoliyat bilan shug'ullanishlari mumkin emas.

Ayni bir shaxs bir paytning o'zida Senat a'zosi (senator) va O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining deputati bo'lishi mumkin emas.

Senatorlik huquqlari va majburiyatlarini moneliksiz hamda samarali amalga oshirish kafolatlari O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a'zosining maqomi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Qonuni, boshqa qonunlar bilan belgilanadi.

Eng ommabop maqolalar
G'oya va mafkura tushunchalarining mazmun-mohiyati va ko'rinishlari
O'zbekiston Prezidenti haqida O'zbekiston Prezidenti haqida
Portal haqida
Oliy Majlis Senati Oliy Majlis Senati
“Manaviyat asoslari”ga qisqacha kirish
Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot Vаzirlаr Mаhkаmаsi-umumiy ma'lumot
2008 yil Yoshlar yili! 2008 yil Yoshlar yili!
Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi Milliy va zamonaviy liboslar namoyishi
Yosh oilalarga uy-joylar
Yosh oilalarga uy-joylar
31 may. Chagaеv — Valuеv
31 may. Chagaеv — Valuеv
Misr